Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bank xodimlari tadbirkorga ajratilgan kreditni o‘zlashtirib yuborgani aniqlandi
26.09.2019 14:48,  
652

“Ipoteka-bank” filiali xodimlari tadbirkorga ajratilgan katta miqdordagi kreditni o‘zlashtirib yuborgani aniqlandi.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, “Ipoteka-bank” Surxondaryo filialida “O-N” MChJ va bank o‘rtasida kredit shartnomasi tuzilgan.

Bildirilishicha, bank va jamiyat o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasiga asosan, jamiyatga baliqchilikni rivojlantirish maqsadida sun’iy suv xavza barpo etish va baliq chovoqlari hamda omuxta yem sotib olish uchun 3 yil muddatga yillik 16 foiz bilan 1 mlrd. so‘m kredit ajratilgan.

Bank filialining Qishloq xo‘jaligi sub’yektlariga xizmat ko‘rsatish bo‘limi sobiq boshlig‘i K.I. sobiq bo‘lim boshlig‘i mansab mavqeini suiste’mol qilib, MChJga ajratilgan 410 mln so‘mlik kredit mablag‘ining so‘ndirilmaganligini bila turib, filial boshqaruvchisining nomidan notarial idoraga jamiyat tomonidan kredit mablag‘lari muddatidan oldin qaytarilganligini to‘g‘risida xat bergan.

Buning natijasida band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etib, “O-N” MChJga ajratilgan 350 mln. so‘m kreditni o‘zlashtirgan.

Mazkur holat yuzasidan, unga va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 228-moddasi 3-qismi “a” bandi hamda 233-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан