Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Banklar 1 sentyabrgacha 200 va 500 so‘mlik kupyuralarni qabul qiladi
16.07.2020 15:18,  
112

Avvalroq Markaziy bank tomonidan 1 iyul kunidan boshlab 200 va 500 so‘mlik qog‘oz pullar muomaladan chiqarilishini xabar qilgan edik.

Bugungi kunda koronavirus pandemiyasi munosabati bilan e’lon qilingan karantin sharoitida aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga qulaylik yaratish maqsadida istisno tariqasida tijorat banklarining barcha bo‘linmalari tomonidan 2020 yil 1 sentyabrga qadar eski namunadagi 200 so‘mlik va 500 so‘mlik banknotlarni qabul qilish hamda muomaladagi banknotlar va tangalarga moneliksiz almashtirish yuzasidan Markaziy bank tomonidan ko‘rsatma berildi.

"Fuqarolar 200 va 500 so‘mlik banknotlarni o‘z hududlari yaqinidagi tijorat bankida cheklanmagan miqdorda muomaladagi banknotlarga almashtirib olishlari mumkin", - deydi Markaziy bankning Naqd pul muomalasini tashkil etish departamenti bosh iqtisodchisi Zafar Asadov.

Ta’kidlash joizki, 1 iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ushbu masala yuzasidan Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodovga deputatlik so‘rov xati yuborgan edi. Deputat aholiga qulaylik yaratish maqsadida 1997 yil namunasidagi 200 va 1999 yil namunasidagi 500 so‘mlik banknotalarni muomaladan tabiiy yo‘l bilan chiqib ketishi uchun uning qonuniy to‘lov vositasi sifatida qo‘yilgan kuchini yo‘qotish muddatini bekor qilish va muomala vaqtini muddatsiz etib belgilash masalasini ko‘rib chiqish haqida taklif kiritgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан