Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Barcha ko‘chmas mulklar yalpi xatlovdan o‘tkaziladi
8.08.2016 15:29,  
168

O‘zbekistonda 2017 yil oxiriga qadar jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli ko‘chmas mulk ob’yektlari yalpi xatlovdan o‘tkaziladi. Shu haqdagi 3 avgustda qabul qilingan hukumat qarori matni Lex.uz saytida e’lon qilindi. Bu haqda gazeta nashri xabar bermoqda.

Hujjatda qayd etilishicha, xatlovni o‘tkazishdan maqsad kadastr hisobiga olishni takomillashtirish, jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli ko‘chmas mulk ob’yektlari (yer uchastkalari, bino va inshootlar)dan foydalanganlik uchun asoslangan soliq solishni ta’minlashdan iborat.

Bundan tashqari, «Elektron hukumat» tizimi doirasida «Kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish tizimlarini modernizatsiya qilish» loyihasini amalga oshirish ham ko‘zda tutilgan.

Xatlov natijasiga ko‘ra barcha ob’yektlar Ma’lumotlarni yig‘ish va ishlov berish mexanizmini standartlashni hisobga olgan holda kadastr axborot tizimiga hisobga qo‘yiladi.

Xatlov doirasida yer uchastkalari, binolar, inshootlar va ko‘p yillik daraxtzorlarning egalari, ulardan foydalanuvchilar, ijarachilari va mulkdorlari hamda ular egallab turgan yer uchastkalarining maydonlari, bino va inshootlarning hajmi, daraxtlarning turlari va soni aniqlanadi.

Xatlov bo‘yicha ishchi guruhga ko‘chmas mulk ob’yektlarini tekshirish, yer uchastkalarini suratga olish, bino va inshootlarning tashqi va ichki o‘lchamlarini o‘lchash, ko‘p yillik daraxtlarning turlarini va sonlarini hisobga olish huquqi berildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан