Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Barcha viloyatlar hokimlari bir ovozdan, yakdillik bilan qayta tasdiqlandi (foto)
13.01.2020 20:17,  
1202

Kuni kecha “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga muvofiq, deyarli barcha regionlarda xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan hokim lavozimiga taqdim etilgan nomzodlar tasdiqlandi.

Rustam Xolmatov

1. Sessiyada Prezident vakili sifatida ishtirok etgan bosh vazir Abdulla Aripov Toshkent viloyat hokimi lavozimiga 36-“Oqqo‘rg‘on” saylov okrugidan saylangan deputat Rustam Xolmatov nomzodini tasdiqlash to‘g‘risida taqdimnomani o‘qib eshittirdi. Viloyat kengashi partiyalar guruhlari Rustam Xolmatov nomzodining Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlanishini yakdillik bilan qo‘llab-quvvatladi.

Jahongir Ortiqxo‘jayev

2. O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Toshkent shahar hokimi lavozimiga 48-Tinchlik saylov okrugidan saylangan deputat Ortiqxo‘jayev Jahongir Abidovichning nomzodini Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyasida tasdiqlash to‘g‘risida Taqdimnomani o‘qib eshittirdi. “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Toshkent shahar hokimi lavozimiga taqdim etilgan nomzodini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror bir ovozdan ma’qullandi.

Bozorov Xayrullo

3. Prezidentning davlat maslahatchisi Rustam Qosimov davlat rahbari tomonidan Namangan viloyati hokimi lavozimiga 6-Serob saylov okrugidan saylangan deputat Bozorov Xayrullo Xayitbayevichning nomzodini Xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasida tasdiqlash to‘g‘risida taqdimnoma kiritilganligini ma’lum qildi. Nomzod deputatlar tomonidan Namangan viloyati hokimi etib bir ovozdan tasdiqlandi.

Shuhratbek Abdurahmanov

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari Odil Olimovich Soliyev Prezident tomonidan Andijon viloyati hokimi lavozimiga tavsiya etilgan Shuhratbek Qo‘shaqbayevich Abdurahmanovning nomzodini tasdiqlash to‘g‘risida Xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasida taqdimnoma kiritilganligini ma’lum qildi. Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashida bir ovozdan yakdillik bilan, 2020 yilning 13 yanvar sanasida Shuhratbek Abdurahmonov Andijon viloyati hokimi etib, qaytadan saylandi.

To‘ra Bobolov

5. Aziz Abduhakimov O‘zbekiston prezidenti tomonidan Surxondaryo viloyati hokimligiga To‘ra Abdiyevich Bobolov nomzodi tavsiya etilganini ma’lum qildi. Sessiyada “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunning 2-moddasiga ko‘ra To‘ra Bobolovni Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlash uchun xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashiga taqdimnoma kiritildi. Deputatlar To‘ra Bobolovni Surxondaryo viloyati hokimi etib bir ovozdan tasdiqladi.

O‘ktam Barnoyev

6. Buxoro viloyatida Prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov O‘zbekiston Prezidenti tomonidan viloyat hokimligiga O‘ktam Barnoyev nomzodi tavsiya etilganini ma’lum qildi. Sessiyada “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunning 2-moddasiga ko‘ra, O‘ktam Barnoyev Buxoro viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlash uchun xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashiga taqdimnoma kiritildi. Deputatlar O‘ktam Barnoyevni Buxoro viloyati hokimi etib bir ovozdan tasdiqladi.

Qashqadaryo viloyati Kengashi

7. 13 yanvar, dushanba kuni xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunning 2-moddasiga muvofiq, xalq deputatlari viloyat Kengashi a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimiga taqdim etilgan 24-Denov saylov okrugidan deputat Mirzayev Zoir Toirovichning nomzodini tasdiqladi.

Farhod Ermanov

8. Xorazmda oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari viloyat Kengashining birinchi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari O.Abdurahmonov prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Xorazm viloyati hokimi lavozimiga taqdim etilgan nomzod Ermanov Farhod Urazboyevichning nomzodini tasdiqlash to‘g‘risida taqdimnoma kiritdi. Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylangan deputatlar Farhod Ermanov nomzodini bir ovozdan qo‘llab-quvvatlashdi.

Erkinjon Turdimov

9. 13 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashining birinchi sessiyasida viloyat hokimini lavozimga tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi. “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Samarqand viloyati hokimi lavozimiga taqdim etilgan nomzod Erkinjon Turdimovni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror bir ovozdan ma’qullandi.

Mirzayev G‘ofurjon

10. Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, hokimlik binosida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Qahramon Quronboyev ishtirok etgan. Unda Mirzayev G‘ofurjon G‘aniyevich bir ovozdan Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga qayta tasdiqlangan.

Tursunov Kobul Beknazarovich

11. 13 yanvar kuni xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vakili A. Jo‘raboyev deputatlarga davlatimiz rahbari tomonidan Navoiy viloyati hokimligiga K. Tursunov nomzodi tavsiya etilganini, nomzod bo‘yicha partiya guruhlari har biri bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganini ma’lum qildi. Deputatlar bir ovozdan Tursunov Kobul Beknazarovich nomzodini qo‘llab-quvvatlab, Navoiy viloyati hokimi lavozimiga qayta tasdiqladilar.

Ergash Saliyev Alibekovich

12. 13 yanvar kuni xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining birinchi sessiyasida Sherzod Kudbiyev O‘zbekiston Prezidenti tomonidan viloyat hokimligiga Ergash Saliyev Alibekovich nomzodi tavsiya etilganini ma’lum qildi. Sessiyada “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunning 2-moddasiga ko‘ra Ergash Saliyevni viloyat hokimi lavozimiga tasdiqlash uchun xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashiga taqdimnoma kiritildi. Deputatlar Ergash Saliyevni Jizzax viloyati hokimi etib bir ovozdan tasdiqladi.

Shuxrat G‘aniyev

13.13 yanvar kuni xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining birinchi sessiyasida Achilbay Ramatov O‘zbekiston Prezidenti tomonidan viloyat hokimligiga Shuxrat Madaminovich G‘aniyev nomzodi tavsiya etilganini ma’lum qildi. Sessiyada “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunning 2-moddasiga ko‘ra Shuxrat G‘aniyevni viloyat hokimi lavozimiga tasdiqlash uchun xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashiga taqdimnoma kiritildi. Deputatlar Shuxrat G‘aniyevni Farg‘ona viloyati hokimi etib bir ovozdan tasdiqladi.

Ma’lumot uchun, «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi qonunining 2-moddasiga ko‘ra, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.

Viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tegishli xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.

Tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini olgan viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodi tasdiqlangan hisoblanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан