Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Barselona» Ispaniya Superkubogi finalida «Atletik B»ga mag‘lub bo‘ldi
18.01.2021 10:18,  
121

Futbol bo‘yicha Ispaniya Superkubogi finalida «Barselona» va «Atletik B» jamoalari 17 yanvar, yakshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Antuan Grizmann hisobni ochdi. Biroq bilbaoliklar bunga oradan bir daqiqa o‘tar-o‘tmas Oskar de Markosning goli bilan javob qaytardi.

77-daqiqada Grizmann o‘zining va katalonlarning ikkinchi golini urdi. Asosiy vaqtning so‘nggi daqiqasida Assiyer Vilyalibre muvozanatni tikladi. Asosiy vaqtda g‘olib nomi aniqlanmagach, qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qilindi.

93-daqiqada Inyaki Uilyams jarima maydoni tashqarisidan zarba yo‘llab, chiroyli golga muallif bo‘ldi. Uchrashuv yakunlanishi arafasida Lionel Messi raqibining bosh qismiga zarba bergani tufayli to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi.

Shu tariqa yarim finalda «Real»ni taslim etgan «Atletik» Ispaniya Superkubogiga ega chiqdi.

Ispaniya Superkubogi

Final

«Barselona» — «Atletik B» 2:3
Gollar: 1:0 – 40 Grizmann, 1:1 – 42 De Markos, 2:1 – 77 Grizmann, 2:2 – 90 Vilyalibre, 2:3 – 93 Uilyams.

«Barselona»: Ter Shtegen, Dest (Mingesa, 46), Arauxo, Langle (Trinkau, 105), Alba, de Yong, Buskets (Puch, 97), Pedri (Pyanich, 88), Dembele (Breytueyt, 88), Messi, Grizmann.

«Atletik B»: Unai Simon, Balensiaga (Lekue, 83), Yeray Alvares, Martines (Nunyes, 95), De Markos, Raul Garsiya (Vilyalibre, 83), Dani Garsiya, Muniain, Vensedor (Vesga, 81), Kapa (Berenger, 81), Uilyams (Morsilyo, 105).

Ogohlantirishlar: Langle (11), Dani Garsiya (67), Vilyalibre (109), Morsilyo (110), Alba (114).
Chetlatish: Messi (120).

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан