Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Barselonadan sharmandali mag‘lubiyat. Liverpul esa nemis jamoasini taslim etdi
17.02.2021 08:24,  
391

UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi birinchi o‘yinida "Pari Sen-Jermen" "Barselona" bilan kuch sinashdi.

O‘yin ikki jamoaning hujumlari ostida kechdi. 27-daqiqada Lionel Messi penaltini aniq amalga oshirdi. 32-daqiqada Kilian Mbappe jarima maydoni ichida kuchli zarba bilan hisobni tenglashtirdi. 66-daqiqada Kilian Mbappe himoyachidan qaytgan to‘pga kuchli zarba berdi va PSJni oldinga olib chiqdi. 4 daqiqadan so‘ng Moyze Ken jarima zarbasidan uzatilgan pasni darvozaga to‘g‘rilab qo‘ydi. 86-daqiqada Kilian Mbappe yaqin masofadan kuchli zarba berdi va hisobni yiriklashtirdi.

Gollar:  Kilian Mbappe 32, 65, 85,
Moyze Kin 70. Lionel Messi 27

Barselona : PSJ 1-4

 

Saloh va Manening gollari «Liverpul»ga «Leypsig» ustidan g‘alaba keltirdi.

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 finali ilk o‘yinida «Leypsig» va «Liverpul» jamoalari 16 fevral, seshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar daxlsiz qoldi. Ikkinchi bo‘lim debyutida inglizlar ketma-ket ikki bor darvozani ishg‘ol qildi. Avvaliga «Leypsig» sardori Marsel Zabitserning himoyadagi xato uzatmasidan so‘ng Muhammad Saloh hisobni ochdi.

Biroz vaqt o‘tib Sadio Mane raqibning himoyadagi navbatdagi xatosidan unumli foydalandi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Shu tariqa «qizillar» javob o‘yini oldidan yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi.

 «Leypsig» Germaniya — «Liverpul» Angliya 0:2

Gollar: 0:1 – 53 Saloh, 0:2 – 58 Mane.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан