Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Baxmalda me’yoridan baland presslangan somon ortilgan yuk mashinasi yonib ketdi
10.07.2021 19:52,  
145

8 iyul kuni soat 10:27 da Jizzax viloyati Baxmal tumani Novqa qishlog‘i bo‘ylab harakatlanib kelayotgan yuk mashinasiga ortilgan presslangan somonlar yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmatiga tayanib, O‘zA xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Baxmal tuman Uzunbuloq qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi D.Asilovga tegishli «ZIL-130» rusumli yuk mashinasiga belgilangan balandlikka rioya qilinmagan holda presslangan somon bosilgan. Oqibatda yuk mashinasidagi somon Novqa qishlog‘idagi yo‘l ustidan o‘tgan elektr tok simlariga tegib, yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘in natijasida avtotransport vositasi hamda unga yuklangan 250 dona presslangan somon yonib ketgan. Xabarda yong‘in tufayli halok bo‘lganlar, jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.

Hodisa joyiga 2 ta o‘t o‘chirish brigadasi 8 iyul kuni soat 10:39 da yetib borgan va yong‘in 10:41 da o‘rab olinib, soat 10:55 da batamom o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida keltirilgan zarar miqdori va sabablari favqulodda vaziyatlar mutaxassislari tomonidan o‘rganilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан