Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bayden amerikaliklarni COVID-19 tufayli «og‘ir qish» kutayotgani haqida ogohlantirdi
10.11.2020 22:41,  
141

«Bu pandemiya bilan kurashish uchun dadil harakatlar kerak. Biz hali juda og‘ir qish bilan to‘qnashamiz», — dedi Bayden COVID-19’ga qarshi kurash bo‘yicha o‘z ishchi guruhi bilan uchrashuvdan keyin.

U fuqarolarni niqob taqishga va masofaga rioya qilishga chaqirdi. «Agar har birimiz niqob taqsak, o‘n minglab odamlarning hayotini qutqarishimiz mumkin», — dedi saylangan prezident. Koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina haqida gapirar ekan, u yaqin oylarda keng qo‘llanilishiga shubha qildi.

Avvalroq Jo Bayden qish yaqinlashayotgani uchun koronavirus pandemiyasi oqibatida o‘lim holatlari ortishi mumkinligi sabab yaqin kunlar ichida barcha shtatlarning gubernatorlariga qo‘ng‘iroq qilib, ularni niqob taqish majburiyatini joriy etishga chaqirishi haqida uning katta maslahatchisi ma’lum qilgandi.

Jons Hopkins universiteti tomonidan berilgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda COVID-19’ga chalinish holatlari soni 10 milliondan oshgan. 238 mingdan ortiq bemor vafot etgan. Mamlakat dunyoda kasallanganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha yetakchilik qilishda davom etmoqda.

AQShning Pfizer kompaniyasi tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi vaksina 90 foiz samaradorlik ko‘rsatgani ma’lum qilindi. Vaksinani qabul qilgan sinov ishtirokchilarida platseboni qabul qilganlarga nisbatan koronavirus bilan kasallanish 90 foiz kamroq kuzatilgan. Vaksinaning samarali ta’siri emlash boshlanganidan 28 kundan keyin seziladi — bu vaqt ichida bemorga vaksinaning ikkita dozasi jo‘natiladi. Tadqiqotda jami 43 538 nafar ko‘ngilli ishtirok etgan. Ularning hech birida jiddiy ikkilamchi ta’sir kuzatilmagan. Kompaniya 2020 yilning oxirigacha bozorga 50 million doza, 2021 yilda esa 1,3 milliard doza vaksina yetkazib berishga tayyor.

Bayden vaksina sinovlari natijalarini izohlar ekan, olimlar uni noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazib, aholini emlashni boshlashini aytdi. Ammo, uning fikricha, dorining keng qo‘llanilishi boshlanishiga hali ko‘p vaqt bor. Amaldagi AQSh prezidenti Donald Tramp vaksinaning muvaffaqiyatli sinovlari haqidagi xabarni ajoyib yangilik deb atadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан