Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bayden Rossiyani Ukrainadagi ziddiyatlarni kamaytirishga chaqirmoqda
14.04.2021 13:49,  
152

AQSh prezidenti Ukraina chegarasida Rossiya harbiy kuchlari ko‘payib borayotganidan xavotir olayotganini takidlab, ikki davlat rahbarlari o‘rtasida sammit o‘tkazishni taklif qildi.

Seshanba kuni telefon orqali qilgan suhbatida Bayden uchinchi mamlakatda uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi.

Agar bu uchrashuv tashkil qilinsa, Putin 2018 yilda Xelsinki shahrida Donald Tramp bilan muzokaralar olib borganidan beri, birinchi marta AQSh prezidenti bilan ko‘rishadi.

Oq uyning so‘zlariga ko‘ra, Bayden Putinni Rossiyaning harbiy kuchlari borasida bosim o‘tkazib, Qo‘shma Shtatlar Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligiga zarar yetkazilishiga imkon bermasligini aytgan.

Telefon qo‘ng‘irog‘i NATO bosh kotibi Rossiyani Ukrainadagi harbiy kuchlarni to‘xtatishga chaqirgandan bir necha soat o‘tgach sodir bo‘ldi.  Ukraina hisob-kitoblariga ko‘ra, 80 mingdan ortiq rus qo‘shinlari o‘z chegaralarida to‘planib olishgan.

Rossiya siyosiy va harbiy rahbarlari Qo‘shma Shtatlarni va harbiy alyansni Ukraina bilan Rossiya o‘rtasidagi ishga aralashganlikda ayblamoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан