Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bayden Xitoy bilan sovuq urushni xohlamasligini ma’lum qildi
22.10.2021 23:08,  
107

Vashington Xitoy bilan sovuq urushni xohlamaydi, biroq o‘z pozitsiyasidan ham chekinmaydi. Bu haqda AQSh prezidenti Jo Bayden Baltimor shahrida (Merilend shtati) jamoatchilik bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ma’lum qildi, deb xabar beradi «TASS».

«Men Si Szinpin bilan ko‘p gaplashdim va u bilan boshqa yetakchilarga qaraganda ko‘proq vaqt o‘tkazdim. Odamlarning Bayden Xitoy bilan yangi sovuq urushni boshlamoqchi, degan gaplarini eshitgansiz. Xitoy bilan sovuq urushni xohlamayman. Men Xitoy tushunishini istayman: biz ortga chekinmaymiz, biror qarashimizni o‘zgartirmaymiz», — deydi AQSh prezidenti.

Oq uy rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya, Xitoy va qolgan davlatlar AQSh eng yaxshi qurolli kuchlarga ega ekanini biladi. «Ular (AQShning raqiblari — tahr.) kuchayib ketishidan xavotirlanmang, ular jiddiy xatoga olib keladigan harakatni amalga oshirib qo‘yishi mumkinligidan xavotirlanish kerak.

Baydenning ta’kidlashicha, Tayvanga hujum xavfi tug‘ilgudek bo‘lsa, Vashington orolning xavfsizligini ta’minlashga tayyor. U «Xitoy hujum uyushtirsa, AQSh Tayvanni himoya qilishga tayyormi?», degan savolga javob qaytargan: «Ha, buni amalga oshirish bo‘yicha majburiyatimiz bor».

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан