Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bayram mushakbozliklaridan so‘ng yuz bergan yong‘inlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi
2.09.2019 13:06,  
11

Biroz avval Mustaqillik kuni munosabati bilan 1 sentyabr kuni Samarqand va Qarshi shaharlarida uyushtirilgan bayram mushakbozligidan so‘ng yong‘inlar yuz bergani haqida xabar bergan edik.

Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatidan xabar berishlaricha, har ikkala shaharda «mushakbozliklar davrida ochiq maydondagi qurigan o‘tlar yongan, tan jarohati olganlar yo‘q».

Samarqanddagi V.Abdulla ko‘chasi oldidagi ochiq maydonda o‘rnatilgan mushaklar otilishi jarayonida mushaklarning o‘chmay qolgan cho‘g‘ parchalari 350 metr uzoqlikdagi qurigan o‘tlar ustiga kelib tushishi natijasida 40 sotix maydonda quruq o‘t yongan. Tadbirga jalb etilgan navbatchilikda turgan uchta yong‘in o‘chirish ekipaji hamda bitta suv tashishga mo‘ljallangan yordamchi texnika yordamida yong‘in soat 21:27 da to‘liq bartaraf etilgan. Alanga bino va inshootlarga o‘tmagan.

Qarshidagi M.Toshmuhammedov nomidagi musiqali drama teatri oldidagi ochiq maydonda o‘tkazilgan mushakbozlik davomida mushaklardan birining nuqsoni bo‘lganligi va uning yetarlicha yerdan ko‘tarilmasdan yorilishi sabab undan chiqqan uchqun 300 metr uzoqlikdagi qurigan o‘tlar ustiga tushishi oqibatida 40 kvadrat metr maydonda yong‘in yuzaga kelgan. Tadbirga jalb etilgan navbatchilikda bo‘lgan uchta yong‘in o‘chirish ekipaji yordamida yong‘in 5 daqiqada bartaraf etilgan. Alanga bino va inshootlarga o‘tmagan

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан