Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bayrutdagi portlashda Bosh vazirning qizi va rafiqasi ham jarohatlandi
5.08.2020 09:15,  
348

Bayrutdagi portlash oqibatida kamida 78 kishi halok bo‘ldi. Livan sog‘liqni saqlash vaziri Hamad Hasanga ko‘ra, ko‘plab odamlar bedarak yo‘qolgan. Kechalari ularni topish elektr ta’minoti uzilganligi sababli qiyinlashgan, deya xabar beradi Reuters.

Livan haqiqiy falokatga duch kelmoqda va hukumatga yetkazilgan zararning hajmini aniqlash uchun vaqt kerak, deya ta’kidladi Hasan. 

Rasmiylarga ko‘ra, portlash payvandlash paytida yuz bergan. Port omborlaridan birida musodara qilingan 2,750 tonna ammiak selitrasi bo‘lgan. Moddaning o‘g‘irlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun port ma’murlari kichik teshiklarni ham muhrlashga qaror qilishdi, ular orqali tajovuzkorlar omborga kirishlari mumkin edi. Portlash payvandlash paytida yuz berdi. Guvohlar Bayrutdagi portlash haqida tafsilotlarni berishmoqda.

Portlashda rafiqasi va qizi yaralangan Livan Bosh vaziri Hasan Diab voqea uchun aybdorlarni topish kerakligini aytdi. "Olti yil davomida 2750 tonnaga baholangan ammiak selitraning partiyasi profilaktika choralarini ko‘rmasdan omborda bo‘lgan", - dedi u.

Livan Oliy Mudofaa Kengashi Bayrut portida sodir bo‘lgan portlashdan keyin favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi va shaharni falokat zonasi deb e’lon qildi. Tabiiy ofat munosabati bilan kengash a’zolari hukumatga poytaxtda ikki hafta davomida favqulodda holat e’lon qilishni tavsiya qildilar.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан