Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bayrut yig‘layapti, Bayrut baqiryapti — Livanda ommaviy noroziliklar davom etmoqda (fotojamlanma)
9.08.2020 11:02,  
877

Bayrutda hukumatga qarshi namoyishlar ishtirokchilari noroziliklarga, hukumat binolariga bostirib kirishgan. Yuzlab qurbonlar haqida xabar berilgan. Namoyishchilar Bayrut portida portlashdan keyin hukumat iste’fosini talab qilmoqda. Livan Bosh vaziri muddatidan oldin parlament saylovlarini o‘tkazishni taklif qildi.

Foto: Aziz Tahe / Reuters 

 

Bayrutdagi namoyishlar vaqtida 728 kishi hibsga olindi. Bir nafar politsiya ofitseri halok bo‘ldi.

Foto: Hannah McKay / Reuters

 

Avvalroq Livan armiyasi namoyishchilarni Bayrutdagi iqtisodiyot va energetika vazirliklari binolaridan haydab chiqargan edi.

Foto: Hassan Ammar / AP 

 

Xabar qilinishicha, Livan poytaxtida hukumatga qarshi ommaviy namoyish paytida namoyishchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz bergan.

Foto: Felipe Dana / AP 

 

Namoyishchilar Livan Tashqi ishlar vazirligi binosini egallab oldi, ammo keyinchalik ular harbiylar tomonidan haydab chiqarildi.

Foto: Hussein Malla / AP 

 

Xabar qilinganidek, Bayrutda hukumatga qarshi harakatlar kuchaygan. Namoyishlar 4 avgust kuni Bayrut portida kuchli portlash yuz berganidan keyin avj oldi. Muxolifat bunga hukumat aybdor deb hisoblaydi. Bu faqat o‘tgan yilning kuzidan beri ko‘tarilayotgan norozilik kayfiyatini yanada kuchaytirdi.

Foto: Thaier Al-Sudani / Reuters 
Foto: Thaier Al-Sudani / Reuters
Foto: Thibault Camus / AP 
Foto: Daniel Carde / Getty Images 
Foto: Hassan Ammar / AP 

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан