Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bayrutda halok bo‘lganlar soni 100 dan oshdi
5.08.2020 12:20,  
208

Livan poytaxtidagi portlash natijasida halok bo‘lganlar soni 100 dan oshdi. Bu haqda "Qizil xoch" ma’lumotlariga tayanib, Al-Hadath va Agence France Press xabar bermoqda.

Avvalroq Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi 78 kishining halok bo‘lganini tasdiqlagan edi. 4000 dan ortiq kishi turli darajada jarohatlangan.

4 avgust, seshanba kuni Livan poytaxti Bayrut shahrida dahshatli portlash yuz berdi. Portlash o‘chog‘i 6 yildan buyon portlovchi moddalar saqlanayotgan ombor deyilmoqda. Mamlakat ichki ishlar vazirligining aytishicha, ammiak selitra omborida portlash yuz bergan.

Livanda uch kunlik motam e’lon qilindi.

Portlashda rafiqasi va qizi ham jarohatlangan mamlakat Bosh vaziri Hasan Diab "qardosh va birodar" mamlakatlardan yordam so‘radi. Fransiya, Kipr, YeI, Eron va Isroil yordam ko‘rsatishga va’da berdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp ham Livanga yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Bayrutdagi portlash, ehtimol, "dahshatli hujum" bo‘lgan. "Ayrim generallarimiz fikricha, aynan shunday bo‘lgan. Bu texnik portlashiga o‘xshamaydi. Ular mendan ham yaxshiroq bilishadi. Ularning fikriga ko‘ra, bu hujum edi ”, - dedi janob Tramp.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан