Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bayrutda xavfli kimyoviy moddalar bo‘lgan 79 ta konteyner topildi
25.08.2020 11:05,  
131

Livan harbiylari fransuz hamkasblari bilan birgalikda Bayrut portida kimyoviy zaharli modda bo‘lgan 79 ta konteyner topdilar. Bu haqda Livan armiyasi matbuot xizmatiga tayanib RIA Novosti xabar bermoqda. 

"14-22 avgust kunlari 25 ta xlorid kislotasi bo‘lgan konteyner hamda ichida boshqa moddalar bo‘lgan 54 ta konteyner topildi, ularning sizib chiqishi halokatli bo‘lishi mumkin", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 4 avgust kuni Livan harbiy dengiz kuchlari bazasi yaqinidagi Bayrut porti hududida vayronkor portlash yuz berdi. Rasmiylarga ko‘ra, bunga 2014 yilda bojxona tomonidan musodara qilingan va omborda saqlanayotgan 2 750 tonna ammiak selitraning zararsizlantirilishi sabab bo‘lgan. Livan poytaxti falokat zonasi deb e’lon qilingan, shaharda ikki hafta davomida favqulodda holat joriy qilindi. 170 dan ortiq odam vafot etdi.

Portlashdan keyin Bayrutni tartibsizliklar qamrab oldi va namoyishchilar hukumat binolariga bostirib kirishdi. Livan fransuzlarning nazoratiga berish uchun petitsiya boshladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан