Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






BBC: Eron koronavirus qurbonlari sonini yashirgan (video)
3.08.2020 22:05,  
741

Bi-bi-si Fors xizmatining maxsus tekshiruvidan aniqlanishicha, Eron hukumati koronavirus qurbonlari bo‘yicha ma’lumotlarni ozaytirib ko‘rsatgan.

Hukumatga tegishli deb ishonilgan hisobotda qurbonlar soni 42000, ammo Sog‘liqni saqlash vazirligi rasman virusdan vafot etganlar sonini 14505 deya ko‘rsatgan.

Virusga chalinganlar soni ham rasmiy 278827 nafardan qariyb ikki karra ko‘p - 451024.

Zotan, rasmiy ro‘yxatning o‘zigina Eronni Yaqin Sharq bo‘ylab koronavirusdan eng ko‘p jabr ko‘rgan mamlakatga aylantiradi.

O‘tgan haftalarda Eronda koronavirus ikkinchi bor jadal sur’atlarda tarqadi.

Bi-bi-si qo‘lga kiritgan ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirusdan ilk o‘lim 22 yanvarda ro‘yxatga olingan.

Eronda rasman ilk koronavirus tarqashi oradan qariyb bir oy o‘tib ma’lum qilingandi.

Mamlakat bo‘ylab virus tarqalishi barobarida aksariyat rasmiy ma’lumotlarga shubha bilan qarab kelayotgandi.

Dunyo bo‘ylab test ko‘lami oqsayotganiga qaramay, Bi-bi-si qo‘lga kiritgan ma’lumotlarga tayanilsa, Eron virus qurbonlari bo‘yicha mavjud raqamlarni ochiqlamagani ko‘rinadi.

Bu esa Tehron ataydan raqamlarni pasaytirib ko‘rsatganiga jiddiy ishoradir.

Ma’lumotlar qayerdan olindi?

Ma’lumotlar Bi-bi-siga anonim manba tomonidan jo‘natilgan.

Unda Eron shifoxonalariga kelgan bemorlar soni, nomi, jinsi, yoshi va kasallik alomatlari hamda shifoxonaga kelgan kuni, u yerda qancha qolgani qatorida bemorning boshqa kasalliklari qayd etilgan.

Ana shu ma’lumotlar Bi-bi-sida mavjud bo‘lgan koronavirusga chalingan yoki virusdan vafot etganlar nomlari bilan uyg‘un.

Manbaga ko‘ra, Bi-bi-siga ayni ma’lumotlarning yetkazilishidan maqsad "haqiqatni oshkor qilish" va epidemiya bo‘yicha "siyosiy o‘yinlarga" barham berishdir.

Ma’lumotlar nimalarni ochiqlaydi?

Poytaxt Tehron hissasiga eng ko‘p qurbonlar to‘g‘ri keladi - 8120.

Qum mamlakat bo‘ylab virus o‘chog‘i va bu nisbatan kichikroq shaharda qurbonlar soni 1419, bu esa har bir ming kishiga 1 o‘lim deganidir.

Mamlakat bo‘ylab qurbonlarning qariyb 2000 tasi Eron fuqarosi bo‘lmagan.

Ular mamlakatdagi migrant va muhojilar, anglashilinishicha, asosan afg‘onistonliklar.

O‘limlar va virus tarqashi trend o‘laroq rasmiy ma’lumotlarga mos, faqat son jihatidan jiddiy farq qiladi.

Navro‘z arafasida kiritilgan cheklovlar tufayli ikkala raqamlarda ham pasayish kuzatiladi, ammo may oyining oxirlarida - cheklovlar yengillashtirilishi bilan yana virus tarqashi va o‘lim holatlari ko‘tarilib ketgan.

Nima uchun asl raqamlar sir tutilgan?

Koronavirus tarqashi 1979 yil Islomiy Inqilob sanasi nishonlanishi va mamlakatda parlament saylovlari bilan bir paytga to‘g‘ri kelgan.

Tehron bu kabi muhim tadbirlarga koronavirus soya solishini istamagan.

Oyatulloh Ali Xameneyi koronavirus bahona ayrimlar saylovlarga rahna solishni istamoqda, deya da’vo qilgan edi.

Saylovda juda oz kishi qatnashgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан