Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bekobod hokimi ijtimoiy tarmoqqa murojaat yo‘llab ishdan ketganligini ma’lum qildi
12.05.2022 11:24,  
237

Bir muddat oldin ijtimoiy tarmoqlarda may oyining boshlarida Toshkent viloyati hokimi raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishlarning birida (aniqlik kiritilishicha, 30 aprel kuni videoaloqa shaklida tashkiliy yig‘ilish o‘tkazilgan) Bekobod shahar hokimi Zafar Fayzullayevning viloyat hokimidan so‘kish eshitani va bunga chiday olmasdan javob qaytargani va buning ortidan uning hokimlik faoliyatini tekshirish boshlangani aytilgan edi.

Bugun, 12 may kuni shahar hokimi Zafar Fayzullayev Facebook’dagi sahifasi orqali ishdan bo‘shayotgani va o‘tgan 5 yilda shahar aholisi bilan ko‘p ishlarni amalga oshirganini aytib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun uzr so‘ragan. Bu haqda «Toshkent haqiqati» telegram kanali xabar bermoqda.

“Hurmatli hamshaharlar, do‘stlar. Bugun mening Bekobod shahar hokimi sifatidagi vakolatim yakuniga yetdi.

Bu buyuk shaharga rahbar etib tayinlaganlari uchun hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovichga cheksiz hurmatimni va minnatdorchiligimni bildiraman. Shu 5 yil davomida hurmatli Prezidentimiz doim o‘zlarini mehrlarini Bekobod shahriga va uning mehnatkash aholisiga bildirib keldilar. Qilingan ishlarni sanab chiqsak, qog‘ozlar tom-tom bo‘lib ketadi.

Men barcha bekobodliklarga o‘zimning hurmatimni bildirib, ularni hayotlarida omad va saodat tilayman.

Men ham o‘zimning qo‘limdan kelganicha sizlar bilan ishlab, yashab shu yerni suvini ichib, havosidan nafas olib, tuzini yeb faoliyat ko‘rsatdim. Sizlarni barchangizga sihat-salomatlik, omad tilayman. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarim uchun sizlardan uzr surayman. Xayr!” – deb yozib qoldirgan Zafar Fayzullayev.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан