Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bektemir Meliqo‘ziyev ilk titul jangda g‘alaba qozondi
14.12.2019 14:38,  
303

14 dekabr kuni AQShning Indio shahri (Kaliforniya shtati)da bo‘lib o‘tgan jangda o‘zbek o‘g‘loni, Rio-2016 olimpiadasi kumush medali sovrindori Bektemir Meliqo‘ziyevning ilk titul jangi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Vringe sayti xabar bermoqda.

Bektemir Meliqo‘ziyev amerikalik bokschi Von Aleksander ustidan g‘alaba qozondi va WBA'ning o‘rta og‘irlikdagi (76.2 kggacha) Kontinental Amerika chempioni bo‘ldi.

Kaliforniyadagi “Fantasy Springs Casino” arenada 10 raundga mo‘ljallangan jangda hamyurtimiz ochkolar hisobiga raqibidan ustun keldi. Hakamlar bir ovozdan Bektemirning 100:90, 100:90, 100:90 hisoblaridagi g‘alabasini qayd etishdi. Bektemir avvalgi 3 jangda raqiblarini nokaut bilan mag‘lub etgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан