Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Belarus borgan sari rus neftidan uzoqlashib bormoqda
16.05.2020 14:53,  
397

80 ming tonna Amerika nefti ortilgan tanker 17 mayda AQShdan jo‘natiladi, iyun oyi boshida esa Klaypeda portiga kelishi kutilmoqda. Bu haqda «Belneftexim» davlat konserni matbuot kotibi Aleksandr Tishneko ma’lum qildi.

"Tanker kecha (14 may) Beamount portida neft yuklashni boshladi. Portdan chiqishi 17 mayda rejalashtirilmoqda. Klaypedaga iyunning boshida keladi. Hajmi 80 ming tonna", - deydi Tishenko.

Ushbu bitim AQShning energetik savdogari United Energy Trading ishtirokida, shuningdek, Getka Amerika kompaniyasi va ularning Polshadagi hamkori UNIMOT ko‘magida tuzildi.

2020 yil 1 yanvar «Do‘stlik» neft quvuri orqali neft yetkazib berish bo‘yicha Rossiya-Belarus shartnomasi muddati yakunlangan edi. Shundan beri rasmiy Minsk bir necha mamlakatlari, jumladan Norvegiya hamda Saudiya Arabistonidan neft sotib oldi. Rossiyadan esa Belorus neftni qayta ishlash zavodlariga xom ashyo yetkazib berishni faqat Safmar kompaniyasi amalga oshirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Belarus Rossiya kabi YeOII a’zosi. Rossiya bilan neft borasida kelishmovchiliklar bo‘layotgan bir vaziyatda Rossiya YeOIIning boshqa a’zosi Qozog‘istonga Belarusga neft sotishi borasida bosim o‘tkazgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан