Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Belarus davlat gerbidagi Rossiya tasviri Yevropaga almashadi
13.02.2020 17:56,  
726

Belarus parlamenti shu yil bahorda davlat gerbiga o‘zgartirish kiritish haqidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqchi.

O‘zgartirishning asosiy qismi badiiy xususiyatga ega. Loyihada aytilishicha, gerb ko‘rinishi yirikroq bo‘ladi, "Respublika Belarus" yozuvi yanada aniqroq ko‘rinishga keltiriladi. Shuningdek, gerbdagi tasmalar rangi, tillarang boshoqlar shakli, zig‘ir (lyon) va sebarga (klever) rasmi o‘zgaradi. 

Bundan tashqari, davlat gerbidagi globusda tasvirlangan va Rossiya aniq ko‘rinib turgan Yevrosiyo xaritasi Yevropa xaritasiga almashadi.

Belarusning hozir amalda bo‘lgan gerbi Belorussiya Sovet Sotsialistik Respublikasi gerbining o‘zgartirilgan ko‘rinishi bo‘lib, u 1995 yil 7 iyunda o‘sha yil 14 mayda o‘tgan referendum natijalariga ko‘ra joriy qilingan. Svoyet Ittifoqi qulagan 1991 yil 10 dekabrdan 1995 yilgacha esa “pogonya” – qilich-qalqon ko‘targan, ot ustida yovga hamla qilayotgan jangchi tasviri Belarus davlat gerbi bo‘lgan.        

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан