Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Belarus IIV Lukashenkoning yana bir raqibini tekshirishni boshladi
29.06.2020 20:22,  
317

Belarus Ichki ishlar vazirligi prezidentlik saylovlarida qatnashayotgan va Aleksandr Lukashenkoga raqib bo‘lgan Valeriy Sepkaloga qarshi tekshiruv boshlanganini e’lon qildi. Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Olga Chemodanovaning so‘zlariga ko‘ra, tekshirish Turkiya fuqarosining iltimosiga binoan amalga oshiriladi.

“Ichki ishlar vazirligiga dastlabki tergovni o‘tkazish uchun Bosh prokuratura tomonidan Turkiya fuqarosining Sepkalo V.V.ning noqonuniy faoliyati faktlari to‘g‘risidagi arizasi bo‘yicha materiallar kelib tushdi. Hozir tekshiruv olib borilmoqda ”, - deya uning so‘zlarini keltiradi Tut.by nashri.

Avvalroq Belgazprombank ishi bo‘yicha bankir Vladimir Babarikoning qo‘lga olingani haqida xabar bergan edik. U 9 avgust saylovlarida "Yevropaning so‘nggi diktatori" ga asosiy raqib sifatida ko‘rilgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан