Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Belarus: KGB rahbari ishdan ketdi, Putin Lukashenko bilan yana kelishdi
5.09.2020 10:43,  
1089

Lukashenko Davlat Xavfsizlik Qo‘mitasi (KGB) rahbarini ishdan oldi. Belarus Xavfsizlik Kengashi boshlig‘ini yangiladi. Bu haqda Bi-Bi-Si xabar qilmoqda.

Kuch tizimlaridagi o‘zgarishlar Belarusdagi davomiy namoyishlar fonida kechdi. Muxolifat hanuz 9 avgust kungi ziddiyatli prezident saylovi natijalarini tan olmayotir.

Namoyishlar manzarasida Lukashenko va Putin o‘rtasidagi ustma-ust kelishuvlar esa, alohida e’tibor va tahliltalab voqe’likka aylandi.

Kim nimani ko‘zlamoqda?

Davomiy namoyishlar ichidagi Belarus... Ular 9 avgust kungi ziddiyatli prezident saylovi ortidan bo‘y ko‘rsatgan. Namoyishchilarga ko‘ra, saylov natijalari soxtalashtirilgan. Lukashenko ketishi kerak.

Belarusdagi vaziyat, haftalarki, ham Rossiya va ham G‘arbning diqqat-e’tiborida. Ular Belarusdagi voqealarga bir-birlarining ishtirokidan jiddiy xavotirda.

Xuddi shu manzarada Lukashenkoning yaqinda qilgan yana bir chiqishi ko‘pchilikning nigohini o‘ziga tortgan. U Belarus Rossiya vaksinasini olajak birinchi davlat bo‘lishi haqida aytgan.

Lukashenkoga ko‘ra, bu haqda ham Putin bilan kelishib olishgan. Uning aytishicha, bu - Rossiya prezidentining taklifi bo‘lgan. Putin o‘zlariga ana shunday va’da bergan.

Belarus dunyoning koronavirus pandemiyasi bois, keskin cheklov choralariga qo‘l urmagan, karantin joriy etmagan sanoqli davlatlaridan bittasi bo‘ladi.

"Qonuniy prezident"

Rossiya Lukashenkoni hozir ham qonuniy prezident, deb tan oladi. Putinning Lukashenko bilan yana bir kelishuvi kuni-kecha sarlavhalarga chiqqan.

Rossiya prezidenti vaziyat izdan chiqsa, Belarusga kuch tashlashi ma’lum bo‘lgan. Putin o‘shanda buni Lukashenkoning so‘rovi bilan izohlagan.

Poytaxt Minskda o‘n minglab kishilar namoyishga chiqqan 30 avgust kuni esa, Rossiya prezidenti Lukashenkoga sim qoqqan. Uni tavallud kuni bilan tabriklagan.

Belarusdagi namoyishlar esa, hali-hanuz tinmagan. Ammo Lukashenko muxolifat bilan muzokaraga bormoqchi emas.

Belarus rahbari xuddi shu bayonoti fonida yangi konstitutsiya masalasiga qaytgan. Uning xalq muhokamasiga qo‘yilishi haqida so‘z yuritgan. Ammo prezident vakolatini cheklovchi 1994 yilgi nusxasiga qaytmasliklarini ta’kidlagan. Muxolifat esa, xuddi shu g‘oyani ilgari surgandi.

Agar, tasdiqlansa, tuzatishlar Belarusda muddatidan ilgari parlament va prezident saylovlariga yo‘l ochadi. Lukashenko Belarusdagi so‘nggi olti saylovda yutib chiqqani e’lon qilingan prezident bo‘ladi.

Voqealarning bu rivoji ham rasmiy Moskva nigohidan chetda qolmagan. Putin matbuot kotibi bu masalada ham Belarus o‘zlarining tajribalaridan foydalanishi mumkinligini aytgan.

Rossiyada shu yil iyul oyida ma’qullangan konstitutsion tuzatishlar Putinning yana 26 yilda qudratda qolishiga yo‘l ochgan.

Ittifoqchi davlat

Rossiya Belarus bilan ittifoqchilik shartnomasiga ega davlat bo‘ladi. Rasmiy Kreml, ayniqsa, so‘nggi yillarda Belarus bilan intergatsiyani chuqurlashtirish, bir ittifoq g‘oyasini amalga oshirish harakatida.

Ammo prezident sayloviga qadar Minsk bilan bu xususdagi muzokaralari oson kechmagan.

Tahlilchilarga ko‘ra, Rossiya hozir ham Belarusdagi voqealarga G‘arbning aralashuviga toqat qilmasligini oshkora ko‘rsatib qo‘ymoqchi.

Belarusdagi voqealar, albatta, o‘z mavqe’ va manfaatlarini inobatga olgan holda rivoj topishini anglatib qo‘ymoqchi. Mamlakatidagi vaziyatni muhokama etib olish uchun Lukashenko 15 avgust kuni Putinga sim qoqqan.

Telefon muloqoti tomonlarning ittifoqchilik aloqalarini yanada mustahkamlash ohangida yakun topgani ma’lum bo‘lgan.

Shu yaqin haftalarda esa, Lukashenkoning Moskvaga tashrifi kutilmoqda.

Boshqa bir tashrif

Rossiya Bosh vaziri kecha, payshanba kuni Minskka kelgan, shaxsan prezident Aleksandr Lukashenko bilan uchrashgan. Ikkovlon o‘rtasidagi o‘zaro suhbatning keng qamrovli bo‘lgani anglashilgan.

Belarus rahbari kutilmaganda Aleksey Navalniyning "Novichok" bilan zaharlangani" haqida ham to‘xtalgan. Buning "bo‘lmagan gap" ekanini aytgan.

Lukashenkoga ko‘ra, "Varshava va Berlin o‘rtasidagi suhbatni tutishga muvaffaq bo‘lishgan". Xuddi shu "qiziq suhbat" bu bayonotning "soxta" ekaniga dalolat qilgan.

Belarus prezidentining aytishicha, shu bugun (3 sentyabr - tahr.)ning o‘zida uni tayyorlab, Rossiya Federal Xavfsizlik Xizmatiga yuborishadi.

Lukashenkoga ko‘ra, bundan maqsad Putinning Belarus ishlariga aralashishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘lgan.

Suhbat chog‘ida Belarus muxolifati masalasi ham tilga olingan, Lukashenko buni hali-hanuz "qanday nomlashni bilmasligi"ni aytgan. Ammo bu o‘zlari uchun saboq bo‘lganini ta’kidlagan.

Bu dars "har ikki qardosh respublika - Belarus va Rossiyaning lozim xulosalar chiqarib olishlari, shu paytgacha kelisha olmagan ko‘plab masalalar bo‘yicha bir to‘xtamga kelishlariga turtki berishi"ga umid qilib qolgan.

Yana "Belarus birinchi bo‘lib olajak" koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasi haqida so‘z borgan.

Rossiya Bosh vaziri esa, ittifoqchi davlat masalasiga xosan to‘xtalgan, uning so‘zlaridan bu masalada ham oldinga siljishlar borligi ma’lum bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан