Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Belarusda NEXTA Telegram kanali mualliflari qidiruvga berildi
6.11.2020 01:44,  
355

Belarus Tergov qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, ular «Ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirish», «Jamoat tartibini qo‘pol ravishda buzadigan guruh harakatlarini tashkil etish» va «Kasbiy mansubligi asosida ijtimoiy adovatni qo‘zg‘atishga qaratilgan qasddan qilingan xatti-harakatlar» moddalari asosida gumonlanmoqda.

NEXTA – Belarusda oppozitsion ruhda ekani bilan mashhur bo‘lgan Telegram-kanali hisoblandi. U prezident saylovlaridan so‘ng boshlangan norozilik namoyishlarini faol ravishda yoritib bormoqda va fuqarolarni namoyishlarga chaqirmoqda.

Polyak OAV xabarlariga ko‘ra, kanal asoschisi Stepan Putilo bir necha yil oldin Belarusdan Polshaga ko‘chib o‘tgan.

Putilo Rossiyada ham qidiruvdagi shaxs sifatida Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlar bazasiga kiritilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан