Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Belarusda Rossiyaning xususiy armiyasi jangchilari qo‘lga olindi
29.07.2020 19:00,  
898

Belorusda Rossiyaning "Vagner" xususiy armiyasining 32 ta chet ellik yollanma jangchilari hibsga olindi. Bu haqda BelTA davlat agentligi xabar bermoqda. 

Hibsga olish 29 iyulga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Belarus huquqni muhofaza qilish organlarining ma’lumotlariga ko‘ra, 9 avgustda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylov kampaniyasi davrida vaziyatni beqarorlashtirish uchun mamlakat hududiga 200 dan ortiq jangarilarning kelganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan. Rossiyalik askarlarning har birining yonida kichkina qo‘l yuki va uchta katta og‘ir chamadon bor edi, ular avtoulovga bir necha kishi tomonidan yuklangan edi, deb yozadi agentlik.

Respublikaga 1974-1996 yillarda tug‘ilgan erkaklar 25 iyulga o‘tar kechasi kelishdi. Ular Minsk shahridagi mehmonxonalardan birida joylashishdi, so‘ng 27 iyul kuni Minsk viloyatidagi sanatoriyaga ko‘chib o‘tishdi, deyiladi xabarda. U yerda ma’muriyat ularga e’tibor qaratdi: ular rus sayyohlariga o‘xshamaydilar, spirtli ichimlik ichmaydilar, ko‘ngilochar muassasalarga bormaydilar, alohida saqlanadilar va harbiy uslubdagi kiyim kiyadilar.

Belarus KGBsining "A" maxsus guruhi xodimlari Minsk shahar ijroiya qo‘mitasining IIVning OMON bo‘linmasi ko‘magida 32 kishini hibsga oldilar, mamlakat janubida yana bir kishi topildi va hibsga olindi. Hozirda vaziyatni Belarus Tergov qo‘mitasi tekshirmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан