Belgiya sobiq qirolining noqonuniy qizi sud orqali malika unvoniga erishdi

Belgiya sobiq qirolining noqonuniy qizi sud orqali malika unvoniga erishdi

Foto: EPA

Belgiyaning sobiq qiroli Albert II ning noqonuniy qizi, rassom Delfin Boel malika unvoniga ega bo‘lish huquqiga erishdi. Ushbu qaror Bryussel Apellyasiya sudi tomonidan qabul qilindi, deb yozadi Belgiyaning VRT nashri.

Shuningdek, Boelning o‘g‘li va qizi ham shahzoda va malika unvonlarini ko‘tarishlari mumkin.

Boel otasi Albertning Saksen-Koburg-Gotsk familiyasi va ismiga "Hazarati oliyalari" faxriy unvonini qo‘shib aytilish huquqini ham oldi.

Bundan tashqari, u sobiq monarx merosining sakkizdan bir qismini talab qilishi mumkin.

"Sudda g‘alaba qozonish hech qachon otaning mehrini almashtirmaydi, lekin bu adolat tuyg‘usini beradi", - deya iqtibos keltiradi RTL Boelning advokati Mark Uyttendaldan.

Delfin Boel 1968 yilda Albert II va baronessa Sibilla de Selis Lonshan munosabatlar natijasida tug‘ilgan. O‘sha paytda ikkalasining ham alohida-alohida turmushi bor edi. Keng jamoatchilik ularning romantikasi haqida faqat 1999 yilda bilgan.

2013 yilda Albert II taxtdan voz kechib, qonuniy daxlsizligini yo‘qotganida, Boel unga qarshi otalikni tan olishni talab qilib sudga murojaat qildi.

2019 yilda sud sobiq monarxga DNK testini topshirishni buyurdi, bu uning Boel bilan qarindoshligini isbotladi. 2020 yil boshida Albert II noqonuniy qizini rasman tan oldi.