Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Belgiyada mast odam Bayden kortejiga shisha butilkani uloqtirdi
24.03.2022 18:22,  
399

Belgiyada mast erkak AQSh prezidenti Jo Bayden korteji Bryussel shahar markazidan o‘tayotganda unga shisha butilka uloqtirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Politsiya voqeani tasdiqladi. «Mast odam haqiqatan ham Amerika prezidentiga hamrohlik qilayotgan kortej tomonga shishani ancha uzoqdan uloqtirgan. Biz uni darhol hibsga oldik», — dedi politsiya.

23 mart kuni AQSh prezidenti Jo Bayden Bryusselga keldi va u yerda NATOga a’zo boshqa davlatlar rahbarlari bilan uchrashadi. Bayden Bryusselda o‘tkaziladigan NATOning navbatdan tashqari sammitida ishtirok etadi. Uchrashuv ishtirokchilari oldida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy chiqishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан