Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Belorusda hokimiyatni egallab olish bo‘yicha jinoiy ish ochildi
20.08.2020 20:13,  
684

Belorusda mamlakat Jinoyat kodeksining 361-moddasi bo‘yicha muxolifat tomonidan tashkil etilgan Muvofiqlashtiruvchi kengashning hokimiyatni egallab olishi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deb xabar bermoqda Sputnik Belarus. 

Muxolifatning yangi siyosiy organi ikki kun avval tuzilgan edi. 

"Muvofiqlashtiruvchi kengashning tashkil etilishi va faoliyati davlat hokimiyatini egallab olishga, shuningdek Belarus Respublikasining milliy xavfsizligiga zarar etkazishga qaratilgan", dedi mamlakat bosh prokurori Aleksandr Konyuk.

Belorus Jinoyat kodeksining 361-moddasida "Belarus milliy xavfsizligiga zarar yetkazishga qaratilgan harakatlarga chaqiruv" 2 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni nazarda tutadi.

18 avgust kuni Belorusda muxolifat muvofiqlashtiruvchi kengashi tuzildi. Amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko darhol kengashni hokimiyatni egallab olishga urinishda aybladi.

Kengash raisi va prezidiumi hali saylanmagan.

Kengash faoliyatining yagona maqsadi yangi prezident saylovlari va hokimiyatning tinch yo’l bilan topshirishidir. U siyosiy maqsadlarni, shuningdek, hokimiyatni qo‘lga kiritish maqsadlarini ham qo‘ymaydi, deyilgan edi ushbu kengashning birinchi matbuot anjumanida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан