Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Belorusdagi saylov piketlarida 300 ga yaqin odam hibsga olindi - ikkita nomzod saylov kompaniyasini davom ettirishdan bosh tortdi
21.06.2020 16:08,  
201

Belorusda saylov piketlari paytida 300 ga yaqin kishi hibsga olindi. Belarusda ro‘yxatdan o‘tmagan «Vesna» (Bahor) inson huquqlari markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 20 iyun kuni kamida 19 kishi hibsga olingan. Respublika IIV ma’lumotlariga ko‘ra, 19 iyun, juma kuni 270 ga yaqin kishi hibsga olingan.

"Fuqarolarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida 270 ga yaqin protokol tuzildi, asosan ommaviy tadbirlarni tashkil etish yoki o‘tkazish tartibini buzganlik, shuningdek mansabdor shaxsning o‘z xizmat vakolatlarini amalga oshirishda qonuniy talabiga bo‘ysunmagani uchun", - deyiladi IIV xabarida.

19 iyun kuni miting ishtirokchilari avvalroq hibsga olingan prezidentlikka nomzod Viktor Babariko va amaldagi prezident Aleksandr Lukashenkoning boshqa raqiblari bilan birdamlikni izhor etish uchun keldilar. Kecha, 20 iyun kuni aksiyalar Belorusning bir qator shaharlarida davom etdi. Babariko "Belgazprombank ishi" bo‘yicha ayblanmoqda. Siyosatchining advokati Dmitriy Layevskiy nomi ayblovda bo‘lmagan.

Minsk rasmiylari so‘nggi kunlarda Belarus prezidenti lavozimiga muqobil nomzodlar bilan o‘tkazilgan birdamlik piketlarini ruxsatsiz ommaviy aksiyalar deb biladi. Ularning tashkilotchilari va ishtirokchilari tartibni buzganlik uchun javobgardirlar, dedi Minsk shahar ijroiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Artem Tsuran.

Prezidentlikka nomzodlar Yuriy Gubarevich va Aleksandr Tabolik saylov kampaniyasini davom ettirishdan bosh tortdilar.

"Bo‘layotgan voqealar sababli men prezidentlik saylovoldi kampaniyamdan ketayotganimni e’lon qilyapman", - deya Gubarevich so‘zlaridan iqtibos keltiradi tut.by portali.

Ushbu voqealar fonida janob Lukashenko mamlakatda "vaziyatni siljitish" va uni «Maydan» (inqilob) ga olib kirishga urinish bo‘lganini aytdi, ammo rasmiylar bunga qarshilik ko‘rsatdilar. Kecha u hech kimga Belarusni "buzib tashlashga" yo‘l qo‘ymasligini takrorladi.

Amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko Belarusni 1994 yildan beri boshqarmoqda. 9 avgustdagi saylovlarda u oltinchi marta o‘z nomzodini qo‘ymoqda. Janob Lukashenkoni Yevropada "Yevropaning so‘nggi diktatori" deb ham atashadi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан