Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bemor homiladorlar va bolalar ortib ketdi — O‘zbekistonda “delta” shtammi keng tarqalmoqda
3.07.2021 19:53,  
1456

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasining yaqinda paydo bo‘lgan yangi “delta” shtammi keng tarqalmoqda. Bu haqda 1-sonli Zangiota ixtisoslashtirilgan yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori o‘rinbosari Olimjon Ishoqov "O‘zbekiston 24" telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Hozirda ko‘proq delta shtammi aniqlanmoqda. Lekin vaziyat nazoratda. Hozir shifokorlar ancha tajribali, protokol bo‘yicha ishlamoqda. Oldingi yilga qaraganda o‘lim ko‘rsatkichi past”, deydi shifokor.

U koronavirus tarqalishini to‘xtatish uchun aholi faol ravishda vaksina olishi kerakligini ta’kidladi.

“Oxirgi vaqtlarda kasallanganlar orasida homilador ayollar va bolalar soni ortib ketdi. Bu vaksina olinmaguncha hal bo‘ladigan muammo emas ekan”, deydi Olimjon Ishoqov.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda iyun oyining oxirida koronavirusning Hindistonda paydo bo‘lgan “delta” shtammi aniqlangandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан