Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bemorga donorlik qilish uchun unga yaqin qarindosh bo‘lish kerakligi bekor qilinishi kutilmoqda
2.11.2021 16:25,  
32

Bu haqda Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ma’lum qildi.

Deputatlar ko‘rib chiqqan qonun loyihasida endilikda donor sifatida o‘zidan a’zolari va (yoki) to‘qimalarining transplantatsiya uchun olinishiga ixtiyoriy ravishda, bepul asosida, notarial tartibda tasdiqlangan yozma rozilik bergan inson tushuniladi.

Amaldagi tahrirda donor-bemorga transplantatsiya qilish uchun organlari, to‘qimalari va (yoki) hujayralarini o‘z ixtiyori bilan berayotgan inson tushunilib, u uch yildan ortiq nikohda bo‘lgan er-xotinlar va ularning oldingi turmushidan bo‘lgan farzandlari, to‘g‘ri va yon tarafdan bo‘lgan qarindoshlari tirik donor bo‘lishi mumkin edi.

Shuningdek, o‘gay ota, o‘gay ona, o‘gay o‘g‘il, o‘gay qiz va oila haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq farzandlikka olingan bolalar donor bo‘lolardi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан