Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Bemorlar og‘irligi»ni aytib, «rozilik so‘rash» ma’nosida yig‘lagan ayol kim edi?
26.03.2020 11:22,  
5385

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini tibbiyot xodimi ekanini aytgan va kiyimlari ham shunday ekanidan darak beruvchi ayolning murojaati aks etgan qisqa video tarqalmoqda. O‘zini tanishtirmagan ayol “bemorlar ahvoli og‘irligi”ni aytib, yaqinlariga “rozilik so‘rash” ma’nosida yig‘lab gapirgan.

“Hammanglar rozi bo‘linglar bizdan, yaxshi o‘tiringlar, kimnidir xafa qilib qo‘ygan bo‘lsam xafa bo‘lmanglar. Yaxshi yuringlar, duo qilib o‘tiringlar. Kasallarimiz yaxshi emas, issig‘i chiqib qaltirayapti, hammanglar yaxshi o‘tiringlar”, deydi ayol.

Sog‘liqni saqlash vazirligi, vaziyatdan kelib chiqib, ko‘pchilikning xayoliga birinchi navbatda koronavirusga chalingan bemorlar kelishi tabiiyligini, ammo ayolning liboslari tibbiy bo‘lsa-da, maxsus kiyimlar emas, ya’ni aksariyat bemorlar saqlanayotgan virusologiya ilmiy tekshirish instituti xodimlariniki bilan bir xilmasligini ma’lum qildi.

“25 mart holatiga umumiy bemorlar soni 56 nafar, ulardan 4 nafari og‘ir ahvoldaligi, ammo o‘ta og‘ir ahvolda emas (tibbiyotda og‘ir va o‘ta og‘ir holat keskin farq qiladi). Shuni ma’lum qilamizki, videodagi ayol virusologiya ilmiy tekshirish instituti xodimi emas“, — deydi SSV matbuot kotibi.

MAVZUGA DOIR: Koronavirusga chalinganlar yana 5 nafarga oshdi – O‘zbekiston

Shuningdek, hozirda bu bo‘yicha surishtiruv olib borilmoqda va to‘liq ma’lumot bo‘lishi bilan xabar beriladi. Dastlabki xulosalar bo‘yicha ham, aynan bu ayol virusologiya ilmiy tekshirish institutida shifokor yoki hamshira bo‘lib ishlamasligi ma’lum qilindi. Masalaga institut rahbariyati tomonidan ham aniqlik kiritildi. Ayolning o‘zi ham qaysi shifoxonaning qaysi bemorlari og‘ir ahvolda ekanligini aniq aytmagan. Bu tibbiyot xodimi qayerda ishlashi haqida surishtiruvlar olib borilmoqda.

“Eng muhimi, koronavirusga chalingan bemorlar soni va ularning ahvoli haqida muntazam axborot berib kelyapmiz va ehtiroslarga berilgan holda aholi orasida sarosima chiqarishga hojat ham yo‘q, buning uchun javobgarlik ham belgilangan. Eslatib o‘taman, bu hozircha dastlabki xulosalar va aniq axborot, qo‘shimcha yangilik bo‘lishi bilan e’lon qilamiz“, deyiladi SSV bayonotida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан