Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Besh nafar 17 yoshli rossiyalik o‘smir qizlar o‘zlarining beshinchi farzandni dunyoga keltirdi
16.08.2019 17:20,  
312

Rossiyada o‘tgan yili besh nafar 17 yoshli qizlar beshinchi farzandni dunyoga keltirganligi haqida statistik ma’lumot e’lon qilindi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Shuningdek, 15 yoshli qizlarda 919 nafar bola tug‘ildi. Ulardan 22 tasi ikkinchi marta  farzandli bo‘ldi.

Ta’kidlanishicha, 16 yoshli qizlar 2925 bolani dunyoga keltirdi. Ulardan 165 nafari bola oilada ikkinchi farzand, 9 nafari - uchinchi, yana ikki bola  - to‘rtinchi farzand bo‘ldi.

Bundan tashqari, 14 yoshli onalarda 190 nafar bola, 13 yoshli qizlarda - 34 nafar bola, 12 yoshlilarda - 4 nafar bola dunyoga keldi.

Oliy iqtisodiyot maktabning demografiya instituti direktori Anatoliy Vishnevskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning ba’zi hududlarida bunday erta tug‘ish holatlari normal holat hisoblanadi. Reproduktiv yosh ayollarda 15 yoshda boshlanadi.

“Rossiya – katta mamlakat, agar bu Shimoliy Kavkazning biron bir joyda bo‘lsa. Albatta, bu qayerda sodir bo‘layotganligini bilish kerak. <...> Bularning barchasi yashayotgan muhit, ota-onalarning munosabatiga bog‘liq, siz taqiqlay olmaysiz, va tug‘ishni taqiqlash ham shart emas, shuningdek bola oldirishni (abort qilish) ham taqiqlab bo‘lmaydi”, - deydi mutaxassis.

Rossiyada jinsiy munosabatga rozilik 16 yoshni tashkil qiladi. 16 yoshga, ya’ni voyaga yetmagan, inson bilan jinsiy aloqa uchun jinoiy javobgarlik yuzaga keladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан