Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Besh nafar o‘zbekistonlik bokschi Jahon chempionatining yarim finaliga chiqdi
18.09.2019 21:43,  
220

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida 18 sentyabr, chorshanba kuni boks bo‘yicha Jahon chempionatining chorak final janglari bo‘lib o‘tdi.

-52 kilogramm vazn toifasida O‘zbekiston terma jamoasini himoya qilayotgan Shahobiddin Zoirov yarim final yo‘llanmasi uchun kurashda bolgariyalik Daniyel Asenovga qarshi bahs olib bordi. Unda o‘zbekistonlik bokschi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

-57 kg vazn toifasi vakili Mirazizbek Mirzahalilov mazkur bosqichda qozog‘istonlik Qayrat Yeraliyevga qarshi ringga chiqdi. 3 raundlik jangda hakamlar o‘zbekistonlik bokschi g‘alabasini e’tirof etdi.

Natijada Mirazizbek yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

-69 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik Bobousmon Boturov iordaniyalik raqibi Ziyad Iashashni mag‘lub etdi. Shu tarzda Jahon chempionati debyutanti bo‘lgan Bobusmon kamida bronzani naqd qilib qo‘ydi.

So‘ngra -81 kg vazn toifasi vakili Dilshodbek Ro‘zmetov asl kelib chiqishi Kubadan bo‘lgan Ozarbayjon terma jamoasi vakili Loren Alfonso Domingesni mag‘lub etib yarim final yo‘llanmasini naqd qildi.

+91 kg vazn toifasi vakili allaqachon professional boksda harakat qilayotgan Bahodir Jalolovga chorak finalda amerikalik Richard Torres raqiblik qildi. Bahodir 1-raunddayoq raqibini chuqur nokaut holatiga tushirib qo‘ydi.

Raqib esa ringdan zambil yordamida olib chiqib ketildi.

Shu tariqa, bugun ringga ko‘tarilgan O‘zbekiston jamoasi vakillarining barchasi yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Reglamentga ko‘ra, ertaga, 19 sentyabr kuni dam olish kuni va final uchun kechadigan janglar 20 sentyabrda bo‘lib o‘tadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан