Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Besh turdagi huquqbuzarlik uchun jarimalar miqdori kamaytirilmoqda
19.10.2021 22:43,  
714

Kecha, 18 oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqildi.

Qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 5 ta moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik uchun tayinlanadigan jarimalar miqdori ma’muriy huquqbuzarliklarning xavflilik darajasidan kelib chiqib keskin kamaytirilmoqda. Xususan, muddati o‘tgan sug‘urta polisi yoki sug‘urta polisida nazarda tutilmagan shaxs avtotransport vositasini boshqarganligi uchun jarima miqdori ikki baravarga kamaytirilyapti.

Shuningdek, transport vositalari egalari tomonidan sug‘urta polisini olmaganlik uchun jarima fuqarolarga ikki baravarga, mansabdor shaxslarga esa uchdan bir qismga kamaytirilmoqda. Fuqarolar tomonidan valyuta qiymatliklarini noqonuniy olish yoki o‘tkazish uchun jarima miqdori bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha bo‘lgan miqdor oralig‘ida belgilanmoqda.

Taklif etilayotgan qonun loyihasi bilan buxgalteriya hisobi va hisoboti tartibini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga nisbatan jarimalar miqdori deyarli ikki baravarga, yo‘lovchilarni litsenziyasiz tashish bilan shug‘ullanganlik uchun jarima miqdori uch baravarga kamaytirilmoqda.

Fuqarolar tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagan, vaqtincha yoki doimiy ro‘yxatdan o‘tmagan fuqarolarni turar-joy binolarida yashashga ruxsat berganlik uchun jarima miqdorini 735 ming so‘m, yil davomida takroriy sodir etilgan taqdirda 1,225 mln so‘m etib belgilash taklif qilinmoqda.

Deputatlarning aytishicha, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi ma’muriy jazolar miqdorining insonparvarlik, odillik tamoyillariga muvofiq ravishda kamaytirilishiga olib keladi.

Majlisda qonun loyihasi uchinchi o‘qishda ham qabul qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан