Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Beshikdan qabrgacha ilm izla” – katta yoshli mutaxassislarni qayta tayyorlashning muhimligi xususida
17.07.2020 10:34,  
3519

Katta yoshlilarning o‘qishi va ta’limi mavzusi yildan yilga dunyoda o‘ta dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Aksariyat mamlakatlarda kattalar ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy strategiyalar va dasturlar ishlab chiqilmoqda. 

O‘zbekistonda bu masalaga xazircha yetarli e’tibor qaratilmayapti. Vaqt esa - oqar suv. Kutib turmaydi. Muammo shu qadar keskinlashib ketishi ehtimoli borki, davr chaqiriqlariga o‘z vaqtida javob berishga ulgurmay qolishimiz mumkin. Kattalar ta’limi va o‘rganishi sohasini qay tariqa rivojlantirish mumkinligi haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatori D.G.Toshmuhamedova fikr yuritadi.

Bolalar partada. Xo‘sh, ota-onalar ham parta ortidami?

Hozirgi davr kishisi doimiy tarzda o‘qib-o‘rganishi lozim. Agar 200-300 yil avvalga qaytadigan bo‘lsak, biz ota-bobolarimizdan olgan bilimlarimiz farzandlar va nabiralar tomonidan muvaffaqiyatli qo‘llanilgan. Hozirda biz butkul boshqa davrda yashayapmiz. Yoshligimizda olgan bilim va ko‘nikmalarimiz foyda keltirishga ulgurmasdan izchil eskiryapti, qachonlardir juda talabgor bo‘lgan kasb-hunarlar tobora yo‘qolib ketyapti. Ish haqidagi e’lonlarda notanish so‘zlarga duch kelasan, kishi, suhbatlar chog‘ida go‘yoki sen bilan ajnabiy tilda gaplashishayotgandek yoxud mazax qilishayotgandek tuyuladi.

Aynan kuch-quvvatga to‘lgan payting tanlagan kasbing tarixga aylanib borayotgan bir mahalda g‘arq bo‘lmasdan, suv yuzasida qolishning imkoni bormi? Javobi bor va bittagina – qaytadan o‘qish. Yoshing anchaga yetganda, qolaversa, hayot tarzing va ko‘nikmalaring shakllanib bo‘lganida yangi sinalmagan voqeliklar tomon odim tashlash hamisha mushkul bo‘lgan. Ammo takrorlayman –qayta o‘qishni yana boshlash zarur! Qolganlari bekor – o‘zini o‘zi aldash va yangi voqelikni va undan keyingi oqibatlarni qabul qila olmaslikka qodir emaslik xayolotlari.

XXI asrga kalit

Ekspertlar bizni yaqinda butun sayyoramizni o‘z ichiga qamrab oluvchi yangi iqtisodiy tanazzul kutayotganidan so‘z ochishmoqda. Bu tanazzul butun milliy iqtisodiyotlarning ustunliklarini almashtirish va qayta qurishni talab qiladi. Aynan bunda kattalar ta’limi va o‘rganishi masalasi tom ma’noda hayotiy ahamiyat kasb etadi.

COVID-19 pandemiyasiga ro‘baro‘ kelib, jahon hamjamiyati ayrim muhim jabhalarda mutaxassislarning tanqisligi qaytarib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin, degan fikrga keldi. O‘zbekistonda, biz nafaqat zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalar, balki malakali kadrlar – boshqaruvchilar, shifokorlar, o‘rta bo‘g‘in tibbiyot xodimlari, psixologlar, onlayn o‘qitish mutaxassislari, dasturchilar va boshqalarga bo‘lgan tanqislikni keskin sezdik.

Biz deyarli hamma sohalarda mutaxassislarni qayta o‘qitishga ehtiyojimiz borligini angladik. Hozirgi ahvol kelasi bunday vaziyatda hatto o‘ylanishga ham vaqt bo‘lmasligi mumkinligini yaqqol ko‘rsatdi. Hozir imkoniyatimiz bor ekan, undan oqilona foydalanishimiz kerak. Yangi iqtisodiyot uchun yangi ixtisosliklar va mutaxassislar yangi dunyoda raqobatbardoshliligimizning asosiy shartidir. 

Davrimiz AKT [NR1] taraqqiyoti, global axborot va raqamli jamiyatni shakllantirish, ko‘plab davlatlarning bilimlar iqtisodiyotiga o‘tishi bilan xarakterlanadi. Yaqin yillar mobaynida mehnat bozori kon’yukturasi o‘zgaradi: ko‘plab kasblar g‘oyib bo‘ladi yoki ommaviyligini yo‘qotadi, oqibatda o‘z-o‘zidan  hamisha o‘qish zarurligini, “davr bilan bir oqimda, hamnafas” bo‘lish lozimligining mohiyatini anglab yetmaganlar orasida ishsizlar soni ko‘payadi.

Harakatlanish uchun o‘qish-o‘rganish

O‘zbekistonda “kattalar ta’limi va o‘rganishi” xususiyati ta’lim sohasi kabi voqelik hayotda mavjud bo‘lib, mazkur hodisa hukumat qarorlari darajasida rasmiy qaydga ega emas. Ilmiy tilda bu holat institutsionalizatsiya, yoki institutlashtirish deb nomlanadi.

Rivojlangan davlatlarda kattalar ta’limi va o‘rganishi  institutlashtirish bosqichidan o‘tgan va unga ta’lim tizimining tan olingan sektori sifatida qaraladi. 2019 yilning mayida Veymar shahrida o‘tkazilgan “Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga erishishda kattalar ta’limi va o‘rganishi” anjumanida kattalar ta’limi va o‘rganishi rivojlantirish yuzasidan milliy dasturlarni qabul qilish zarurligi qayd etildi. Shuningdek, unda huquqiy bazaning muhimligi, noformal ta’limni e’tirof etish, uning natijalarini validatsiyalash va akkreditatsiyadan o‘tkazish tizimlarini qo‘llash xususida gapirildi. 

Ekspertlar o‘qitilayotganlarda nafaqat kasbiy (“qattiq”), balki ijtimoiy (“yumshoq”) ko‘nikmalarni oshirish muhimligini qayd etdilar. Bular kreativlik, mas’uliyat, adablilik, jamoada ishlay olish mahorati, ishontira olish, muammolarni yecha bilish, o‘zgaruvchan sharoitlarga tezda moslashish, qaror qabul qilish, o‘zini-o‘zi rivojlantirishga hozirlik, tanqidiy fikrlash va h. Tadqiqotlar “qattiq ko‘nikmalar”ning xodim kasbiy muvaffaqiyatiga qo‘shgan ulushi 15%, “yumshoq ko‘nikmalar”niki 85% ni tashkil qilishini ko‘rsatdi.

Kattalar ta’limining samaraliligini ta’minlash uchun “katta yoshga” yetguniga qadar – maktabgacha ta’lim muassasasi, maktab, oliy o‘quv yurtida insonga keng bilimlar ko‘lamini berish lozim. Mana shu yerda juda qisqa muddatda va yuqori unumli natija olish imkonini beradigan ta’lim uslubiyotlariga ehtiyoj yuzaga keladi. Bundan tashqari, bir vaqtning o‘zida fanlar ko‘lamini kengaytirish zarur. Insonning bilim doirasi nechog‘lik keng bo‘lsa, uning qiziqish doirasi shunchalik keng, yangi bilimlar olishga imkoniyati va istagi ham yuksak bo‘ladi.

Umrbod o‘qib-o‘rgan

Inson hayoti va faoliyati uchun zarur qobiliyatlarini rivojlantirib, boyitib borgani sayin davrning yangi chaqiriqlarini yengib o‘tishi yengil bo‘ladi.  Katta ta’limi va o‘rganishi salomatlik va farovonlik, madaniy va ma’naviy taraqqiyot nuqtai nazaridan munosib hayot tarzi yuritish imkonini beradigan qashshoqlik ko‘lamlarini qisqartirishning muhim quroli sifatida shaxs o‘sishini ta’minlaydi  va insoniy qadr-qimmat tuyg‘usini shakllantiradi.

2000-yillarning boshlaridayoq rivojlangan mamlakatlarning aksariyati katta yoshlilarning uzluksiz ta’lim milliy dasturlarini ishlab chiqib, qabul qildilar. Mazkur dasturlarda davlat tomonidan rag‘batlantirish choralari davriy shaklda yangilanib, ro‘yxati kengaytirib bormoqda.

Turli mamlakatlarda aholining uzluksiz ta’limda ishtiroki ko‘rsatkichlari tubdan farq qiladi. Xususan, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga a’zo mamlakatlarda (eng rivojlangan mamlakatlarda) 25 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan formal va qo‘shimcha ta’limga doir aholi qamrovi 51%, YeI mamlakatlari orasida – 40,3%, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida esa, jumladan, Vetnamda 5% dan kamni tashkil qiladi.

Mamlakat rivojlanishi darajasi naqadar past bo‘lsa, davlat tomonidan moliyalash ulushi ham shunchalik past bo‘ladi. YaIM (yalpi ichki mahsulot) darajasi yuqori bo‘lmagan mamlakatlar uchun katta yoshli aholini ta’lim bilan  qamrash sarmoyalar va davlat boshqaruvi sifatiga qarab amalga oshirilishi kuzatiladi. YaIM darajasi yuqori va faol sarmoyalarga ega bo‘lgan mamlakatlarda aholi va ish beruvchilarni qo‘shimcha ta’lim dasturlarida ishtirok etishga rag‘batlantiruvchi hukumat sa’yi-harakatlari muhim ahamiyat kasb etadi.  

Xalqaro tajriba

Kattalar ta’limini tashkil qilish bo‘yicha qo‘llaniladigan chora-tadbirlar ko‘lami yetarli darajada keng. YaIM yuqori darajali mamlakatlarda elektron navigator-platformalarni yaratish, turli sohalarda faoliyat yurituvchi aholi tomonidan malaka olish dasturlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish, ta’lim sertifikatlarini berishdan iborat chora-tadbirlarning murakkab majmualari qo‘llaniladi.   

Germaniyada o‘qish uchun vaucher muvaffaqiyatli amaliyotga aylanishga ulgurdi. Ish beruvchilar har yili personalni o‘qitish uchun harajatlarning 50%ini qoplab, 20 tagacha vaucher olishlari mumkin. Xodimlar uchun maxsus o‘quv mukofotlari ta’sis etilgan bo‘lib, ular past yillik daromadga ega bo‘lgan xodimlar o‘rtasida o‘zaro taqsimlanadi. Bundan tashqari, qonun ish vaqtida qo‘shimcha o‘quv kurslariga boradiganlarga to‘liq ish haqi saqlanib qolishini kafolatlaydi.

Daniyada qabul qilingan qonun esa, katta yoshli fuqarolarga qo‘shimcha ta’lim natijalarini baholash va sertifikat olish huquqini beradi. “Ta’lim bo‘yicha yo‘lchi” elektron ma’lumot portali jamiki ta’lim dasturlari va mehnat bozori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Mazkur portal yordamida eng qulay shaklda karera va shaxs rivojlanishini ta’minlaydigan ta’lim dasturi va muassasani mustaqil tanlash mumkin.

Singapurda 45 yoshdan katta xodimlar qayta o‘qishga mablag‘lar oladi, ish beruvchiga esa davlat tomonidan sarflangan harajatlari qoplab beriladi, shu tariqa xodim o‘z ish o‘rnida yangi ish vazifalari bilan saqlab qolinadi. 

Hayot davomida ta’lim to‘g‘risidagi Qonunga muvofiq, Janubiy Koreya hukumati butun umr davomida uzluksiz ta’limni ta’minlash bo‘yicha Qo‘mita ta’sis etilgan bo‘lib, ta’lim vaziri raisligida va vitse-ministrlar, uzluksiz ta’lim Milliy instituti prezidenti va ekspertlar maqomidagi mansabdor shaxslar tarkibida faoliyat yuritadi.

Sobiq Sovet Ittifoqi davlatlaridan so‘z ochsak, kattalar ta’limi ta’lim tizimini bir bo‘lagi sifatida tan olish tendensiyasi yetarlicha tez rivojlanmayapti. Davlat dasturlari aholining ayrim guruhlarini malakasini oshirish uchungina qo‘llanilmoqda, mustaqil baholash va malakasini tan olish tizimi esa endi-endi shakllantirilmoqda.

Tojikiston bu borada o‘rnak bo‘lsa arziydigan. 2017 yilda bu mamlakatda “Kattalar ta’limi to‘g‘risida” qonun qabul qilingan. O‘lkada katta yoshlilarni o‘qitish Markazlari tashkil etildi va hozirda faoliyat yuritmoqda. Markazlarda boshqa mamlakatda tahsil olish natijasida olgan kasbiy kompetensiyalarni e’tirofi va validatsiya tizimini qo‘llash bilan shug‘ullanishadi.

Bizdachi?

O‘zbekistonda kattalar ta’limi sohasi turli idoralar tomonidan chiqarilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar orqali tartibga solinadi. Biroq katta yoshlilarning noformal ta’limi va mustaqil o‘qib ta’lim olishi (informal ta’lim) aslida me’yoriy-huquqiy bazada ifoda etilmagan.

Kattalar ta’limi va o‘rganishi tizimini samarali rivojlantirishni ta’minlash uchun 2030 yilgacha bo‘lgan davrga barqaror rivojlantirish borasida Milliy maqsadlar va vazifalar bilangina mohiyati ochiladigan davlat dasturi lozim. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga kattalar ta’limi va o‘rganishiga oid tegishli moddalar kiritildi. Keyingi bosqichda – “Katta yoshlilar ta’limi to‘g‘risida”gi qonun ishlab chiqiladi. Byudjetning maxsus moddalarini ajratish yordamida kattalar ta’limini rivojlantirish kafolatlarini mustahkamlash o‘rinli.

Turli mulkchilik shakllari provayderlariga soliq solinishda imtiyozlar berish, nodavlat notijorat tashkilotlari (keyinchalik NNT) va fuqarolarning ta’limi bilan shug‘ullanuvchi nodavlat ta’lim muassasalari (keyinchalik NTM)ni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish muhim. Faoliyat yuritishlariga to‘g‘ri kelayotgan qonunchilik sarhadlarini qayta ko‘rib chiqish lozim.

Shu sektorda band bo‘lgan tashkilotlarga qo‘yiladigan talablar mantiqiy bo‘lishi lozim. Ularni litsenziyalash, ayniqsa, hududlarda NTM/NNT ochish g‘oyalarini o‘ldiradi hamda korrupsion rejalar va nolegal faoliyatni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Litsenziya olishni kutib o‘tirmasdan tashkilot bu jarayonni tezlashtirish uchun yo‘l qidirishga yoxud boshqa kanallar (doimo ham legal emas) izlay boshlaydi. Davlat tomonidan moliyalashtirilmaydigan faoliyatni regulyasiya qilish kerakmikin? Kurslar ma’qul kelmagan bo‘lsa, keyingi safar o‘zing ham bormaysan, boshqani ham yo‘ldan qaytarasan. Bozorning o‘zi hammasini tartibga soladi. Yevropada, xususan, sharqiy Yevropa va Sho‘rolar Ittifoqining sobiq mamlakatlarigacha (Yevropa qismidan), noformal ta’limni litsenziyalashtirgan biron bir davlat yo‘q.

Katta yoshlilar bilan ishlaydigan pedagoglarning tayyorgarlik tizimi, yollash shartlari va malakaviy mahorati masalasi o‘ta dolzarb. Mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida andragoglarni (katta yoshlilarga tahsil beruvchi mutaxassislar) o‘qitishni tatbiq etish, adragogikani fan sifatida o‘rganishni yo‘lga qo‘yish zarur. Buning uchun esa “Andragog” kasbini lavozimlar va kasblar Klassifikatoriga kiritish muhim.

Aholining kattalar ta’limi dasturlarida ishtirokiga doir doimiy statistikasini yuritish zarur. Bu ko‘rinishdagi dastlabki tadqiqot – “O‘zbekistonda kattalar ta’limi va o‘qitishda ishtirok” Xalq Universitetlari Nemis Assotsiatsiyasi Filiali (DVV) qo‘magida 2019 yil “Oila” Markazi tomonidan olib borildi.

2018-2019 yillarda mamlakatimizning 152 tumanida tashkil qilingan yoshlarni nikohga tayyorlash maktablari noformal tuzilmalarning unumdorligiga namuna bo‘la oldi. 66 ming nafar yigit va qizlar oila iqtisodiyoti, oilada munosabatlar psixologiyasi, sog‘lom turmush tarzi asoslari bo‘yicha kurslarda saboq oldilar. Yoshlar muammolarga oid savollarga javoblar topish uchun doimiy tahsil olish zaruratini anglab yetdi. Murakkab oilaviy vaziyatga tushib qolgan yosh juftliklarni hayotiy muammolarni hal qilishda kerakli ma’lumotlarni axtarish usuli sifatida AKT asoslariga o‘qitish bo‘yicha qaldirg‘och loyiha ham ijobiy natijalar berdi.  

O‘zbekiston Prezidentining 2020 yil 2-martdagi Farmoniga muvofiq, aholining mashg‘ul bo‘lmagan bo‘sh bo‘lgan qatlamini qayta tayyorlash va ishsiz fuqarolarni talabgor kasb-hunarlarga o‘qitish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturlarni amalga oshirish belgilangan. Har bir hududda tadbirkorlikka o‘qitish kurslari ochiladi. Eng ilg‘or loyihalar uchun grantlar topshirish ko‘zda tutilgan. 30 ta kollej bazasida va [ОКОЗ:1.05.00.00.00 Аҳолининг меҳнат ва иш билан бандлиги тўғрисидаги Қонунчилик / 05.01.00.00 Ишга жойлаштириш ва аҳолининг бандлиги / 05.01.04.00 Ишсизларни ижтимоий қўллаб-қувватлаш кафолатлари] Toshkentning har bir tumanida “Ishga marhamat” va kasbiy tayyorlash markazlari tashkil qilinadi. Shunga o‘xshash markazlar mamlakatimizning barcha hududlarida ochiladi. “Raqamli texnologiyalar”, “Ishga marhamat” va “Yoshlar texnoparklari” markazlarida “Besh tashabbus” loyihasini moliyalash doirasida ATga o‘qitish bo‘yicha kurslar tashkil qilinadi. O‘qitish saboqlari yolg‘iz va ko‘p farzandli ayollar, ishsizlar uchun mo‘ljallangan. Guzarlarda kasb-hunarlarga o‘qitish Dasturi ishlab chiqilgan. Muhimi, ehtiyojmandlar ish bilan bandlikka yordam Davlat jamg‘armasi hisobidan o‘qitiladi.

Katta yoshlilar uchun ta’lim darajasi, daromadlari va yashash joyidan qat’iy nazar ta’lim xizmatlarining ochiqligini ta’minlarkan, O‘zbekiston o‘z istiqboli sari yana bir olg‘a odim otadi. Zero, xayot davomida ta’lim olish tamoyilining ro‘yobga chiqishi  oilalar farovonligini oshirish, insonlarning shaxs va kasbiy yuksalishi, o‘zlariga munosib ishga erishuvi, ijtimoiy rivojlanish, barqaror va inklyuziv iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning muhim omilidir.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан