Beshinchi marta saylangan Emomali Rahmon tojik xalqiga nimalarni va’da bermoqda

Beshinchi marta saylangan Emomali Rahmon tojik xalqiga nimalarni va’da bermoqda

Foto: Kommersant

Tojikistonning yangi saylangan prezidenti Emomali Rahmon 30 oktyabr kuni beshinchi marta prezidentlik qasamyodini qabul qildi. Inauguratsiya marosimida janob Rahmon nutq so‘zladi.

Aziya-plyus nashri prezident nutqidagi navbatdagi vakolat muddati uchun va’dalarini keltirdi:

  • Navbatdagi yetti yil milliy boyliklardan samarali foydalanish va barcha imkoniyatlar hisobiga to‘la energetik mustaqillikka erishishimiz, kommunikatsion boshi berklikdan chiqishimiz va Tojikistonni tranzit mamlakatga aylantirishimiz kerak.
  • Shu vaqt ichida biz boshqa strategik maqsadga – oziq-ovqat xavfsizligiga yaqinlashishimiz, yuz minglab yangi ish o‘rinlari yaratadigan va mehnat migratsiyasini kamaytirishga imkon beradigan sanoatlashtirish jarayonini jadallashtirishga erishishimiz kerak.
  • Avvalo, biz “2030 yilgacha bo‘lgan davrda Tojikiston Respublikasining milliy rivojlantirish strategiyasi” ni amalga oshirish orqali odamlar hayot darajasi va sifatini yaxshilashimiz kerak, chunki mamlakatning har bir fuqarosi munosib hayotga loyiq.
  • Kelgusi yetti yil ichida iqtisodiy sektor uchta asosiy vazifani - milliy iqtisodiyotning diversifikatsiyasi va raqobatbardoshligini oshirish orqali barqaror rivojlanishni ta’minlash, o‘rta sinf ulushini oshirish va o‘rta daromadli mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ustuvor yo‘naltiradi.
  • Kelgusi yetti yil ichida biz mamlakat yalpi ichki mahsulotining o‘sishini ikki baravar oshirishimiz, o‘rta sinfni 45 foizga yetkazishimiz va qashshoqlikni 15 foizgacha kamaytirishimiz kerak.
  • Fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasidagi xizmatlarning sifati bosqichma-bosqich yaxshilanadi va ushbu sohalarga barcha moliyalashtirish manbalari, shu jumladan pensiya va ijtimoiy sug‘urta hisobidan 123 milliard somoniydan ko‘proq mablag‘ yo’naltiriladi.
  • Keyingi yetti yil ichida mamlakatimiz bank tizimi turli iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun 100 milliard somoniydan ziyod kreditlar ajratiladi, bu avvalgi muddatga nisbatan 1,5 baravar ko‘pdir.
  • Yuklarni tashish geografiyasini kengaytirish va transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida yaqin yetti yil ichida biz 1500 kilometr xalqaro avtomobil yo‘llarini quramiz.
  • Kelgusi yetti yil ichida biz mamlakatdagi 540 mingdan ziyod yoshlarni oliy ma’lumotga qabul qilish, 40 minggacha iste’dodli yoshlarni rivojlangan mamlakatlarda va milliy iqtisodiyotimizning turli sohalarida oliy ma’lumot olish uchun jo‘natish niyatidamiz.
  • Ayollarning ijtimoiy mavqeini yanada oshirish va ularning iqtisodiyotdagi faoliyatini kengaytirish maqsadida biz "Tojikiston Respublikasida 2021-2030 yillarda ayollarning rolini oshirish bo‘yicha milliy strategiya" ni ishlab chiqmoqdamiz.