Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Beshlik» va «to‘rtlik» stipendiyalar yana qaytishi mumkin
10.01.2020 11:19,  
494

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev talabalarning «beshlik» va «to‘rtlik» stipendiyalar yana qaytishi mumkinligini ma’lum qildi.

«Bugun Bosh vazir o‘rinbosari A.Abduxakimov bilan talabalarga stipendiya tayinlash tartibi bo‘yicha hukumat qarori loyihasini muhokama qildik,» - deydi deputat.

"Ko‘pchilik talabalarning murojaatlarini inobatga olgan holda bildirilgan takliflar ham loyihada aks ettirilib, ushbu qaror qabul qilinishi bilan a’lochi, faol, besh bahoga o‘qiyotganlar ilgarigidek yuqori, to‘rtga o‘qiyotganlar esa o‘z nomi bilan to‘rtlik, uch bahoga o‘qiganlar esa uchlik stipendiya olishi kutilmoqda.

MAVZUGA DOIR: Qo‘shnilar: talabalar stipendiyasi 25%ga oshiriladi

Oddiy aytganda har kim o‘z intilishi va izlanishiga qarab stipendiya oladi. Loyihada yana bir qator yaxshi yangiliklar bor. Yaxshisi tez kunlarda qabul qilingach bilib olamiz.

Nasib bo‘lsa, hujjat tez kunlarda qabul qilinadi" - degan Oliy Majlis deputati o‘z telegram kanalida.

MAVZUGA DOIR: Nima uchun Jismoniy tarbiya universiteti talabalariga haligacha stipendiya to‘lanmaganiga izoh berildi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан