Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bezorilik qilgan o‘g‘lining qilmishlari ortidan Olmaliq shahar hokimi ishdan olindi
13.10.2020 17:28,  
577

Bugun Toshkent viloyati Olmaliq shahriga Xamdamov Qobil Murotkulovich hokim etib tayinlandi

Qobil Xamdamov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan.

Yig‘ilishda avvalgi shahar hokimi Usmon Rahimovning o‘z shaxsiy hayotiga ham e’tiborli bo‘lishi, oilasiga vaqt ajratishi, farzandlar tarbiyasi bilan jiddiy shug‘ullanishi lozimligi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Olmaliq shahar hokimining o‘g‘li mashinani katta tezlikda haydab, videosini TikTok servisiga yuklagani, shuningdek bir guruh o‘rtoqlari bilan katta yoshli inson va uning o‘g‘lini do‘pposlab, bezorilik qilganiga oid voqealar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilingan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан