Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Big tech (GAFAM) 24 soat ichida 400 mlrd dollar yo‘qotdi
16.03.2020 11:27,  
541

AQShning 5ta yirik texnologiya kompaniyasi — Amazon, Apple, Alphabet, Facebook hamda Microsoft kompaniyalari koronavirus bilan bog‘liq noaniqliklar ortidan yuzaga kelgan AQSh fond indekslari pasayishi natijasida umumiy miqdorda 416,63 mlrd dollar yo‘qotdi.

Apple aksiyalari 9,88 %ga, Facebook’niki 9,30 %ga pasaydi. Alphabet 8,2 %, Amazon7,98 %, Microsoft 9,48 % kapitalizatsiyasidan “ajraldi”. Investorlar koronavirusning tarqalishi va uning iqtisodiyotga mumkin bo‘lgan ta’siri haqida xavotirda davom etmoqdalar.

Epidemiyaning oqibatlari Apple uchun ayniqsa og‘riqli, chunki Xitoyda shirkatning asosiy ishlab chiqarish zavodlari hamda yetkazib beruvchi hamkorlari jamlangan. Apple kompaniyasi allaqachon Covid-19 ning tarqalishi kompaniyaning daromadiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi haqida ogohlantirgan. Needham & Company tahlilchilarining fikricha, talab va taklif bilan bog‘liq vaziyat faqat 2020 yil iyuniga qadar normallashishi mumkin, bu avvalroq kutilganidan ikki oy oldin.

Amazon, Facebook va Google o‘z xodimlarini uyda ishlash uchun yubordi: ushbu kompaniyalar xodimlarining 34% dan 76% gacha masofadan turib ishlayapdi. Twitter, shuningdek, xodimlari uchun o‘z ofislarini deyarli yopib qo‘ydi

Amazon sotuvchilari CNBC telekanaliga aytishicha, ular yetkazib berishda uzilishlar bo‘lishidan qo‘rqishgan, chunki Xitoyda fabrikalar koronavirusning tarqalishi sababli ishlamayapti, omborlardagi mahsulotlar zaxiralari asta-sekin pasaymoqda va ularni to‘ldirish imkoniyati mavjud emas.

Google va Microsoft G Suite va Microsoft Teams hamkorlik xizmatlarining bepul versiyalari haqida e’lon qilishdi. Shunday qilib, har qanday tarif paketlaridan foydalanuvchilar 250 kishiga mo‘ljallangan bepul telekonferensiyalarni tashkil qilishlari mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан