Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bill Geyts insoniyat uchun yangi pandemiya xavf solishi mumkinligini taxmin qildi
23.11.2020 11:38,  
367

Amerikalik milliarder Bill Geyts yaqin kelajakda yangi pandemiya yuz berishi mumkin, deb hisoblamoqda. Uning fikricha, bu kelasi uch yil ichida yoki 20 yildan keyin sodir bo‘ladi, deb yozadi BBC.

U bu haqda o‘zining yangi dasturi Bill Gates and Rashida Jones Ask Big Questions’da aytib o‘tdi, u Geyts va aktrisa Rashida Jons tomonidan o‘tkazildi.

«Yangi pandemiya hozirgiga qaraganda xavfliroq bo‘lmasligining asosiy sababi shundaki, biz tajribaga ega bo‘ldik. O‘sha payt harbiy mashg‘ulotlarga o‘xshash «pandemiya o‘yinlari»ni o‘tkazamiz va deyarli har bir davlat o‘z munosabatini bildiradi. Bunda barcha Janubiy Koreya yoki Avstraliya qilgan ishni amalga oshiradi - aholi tez testdan o‘tkaziladi, odamlar yakkalatib qo‘yiladi. Test uskunalarimiz ham yaxshilanadi. Ikkinchi marta bu qadar ko‘p xato qilmaymiz», - dedi u. 

Dasturda AQShning yuqumli kasalliklar bo‘yicha bosh mutaxassisi Entoni Fauchi ham ishtirok etdi. 

Fauchining so‘zlariga ko‘ra, insoniyat normal hayotga asta-sekin qaytadi - vaksinalar va o‘rtacha cheklov choralari bilan uyg‘un tarzda. 

«Agar 99 foiz samaradorlikka ega vaksina bo‘lganida va uni 99 foiz odam olganida, unda hammasi yaxshi bo‘lar edi. Ammo bu sodir bo‘lmaydi... Masalan, biz 75 foiz samaradorlikka ega vaksinani olib, uni 69 foiz aholiga bersak, virusni tarqatishi mumkin bo‘lgan odamlar baribir juda ko‘p bo‘ladi», - deya tushuntirdi Fauchi. 

Shuningdek, u hozirgi pandemiya o‘z-o‘zidan tugamasligini aytdi: «Biz bu haqiqatni anglab yetishimiz kerak». 

Odamlar karantin choralariga rioya qilishdan charchaganini aytib, Fauchi bundan voz kechmaslikka va ehtiyot choralarini ko‘rishda davom etishga, ya’ni niqob taqibga, qo‘llarni tez-tez yuvishga hamda odam ko‘p bo‘lgan joylarga bormaslikka chaqirdi. 

Shu bilan birga, amerikaliklar Covid-19’ga qarshi vaksinani 11 dekabrdan olishni boshlaydi. Bu haqda AQShning emlash dasturi rahbari Monsef Slaui xabar berdi. 

SNN telekanaliga bergan intervyusida u vaksinalar aholini emlash markazlariga tasdiqlanganidan keyin 24 soat ichida yetkazib berish bo‘yicha reja mavjudligini aytdi. 

Gap Amerikaning Pfizer farmatsevtika kompaniyasi tomonidan BioNTech bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan vaksina haqida ketmoqda.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан