Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bill Geyts koronavirus bahonasida insoniyatni chiplashtirmoqchimi?
6.06.2020 16:07,  
803

Microsoft korporatsiyasi asoschisi Bill Geyts kelajakka oid bashoratlari bilan ham tanilgan. Jumladan, 2017 yilda u dunyoni bioterror xavfi kutayotganini aytgan edi.

Koronavirus pandemiyasi pallasida butun dunyo bo‘ylab turli mish-mishlar ham urchigan. Mazkur kasallikning tarqalishiga sababchi, deya ayrimlar 5G texnologiyasini ayblab, antennalarni yoqib yuborishyapti. Tadqiqotchilar bunaqa fitnalarning orqasida kimlardir turganini ham aniqlashgan.

Shunaqa konspirologiya nazariyalaridan biriga ko‘ra, koronavirusni aynan Bill Geyts maxsus yarattirgan emish. Sababi – milliarder o‘z rafiqasi bilan ochgan jamg‘arma orqali vaksina bahonasida barcha kishilarga mikrochip o‘rnatish va keyin ular orqali insoniyatni nazorat qilishni rejalashtirgan emish.

Geyts bu kabi gap-so‘zlarga o‘z munosabatini bildirdi: uning so‘zlariga ko‘ra, bu fitna nazariyalari shu qadar ahmoqonaki, hatto rad etishga ham arzimaydi.

«Men hech qachon mikrochiplar bilan shug‘ullangan emasman. Buni inkor etish deyarli imkonsiz, bu o‘ta ahmoqona va yovvoyi nazariya», - deydi Business Insider nashriga bergan intervyusida Bill Geyts.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан