Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bill Geyts Microsoft kompaniyasining direktorlar kengashidan iste’foga chiqarildi
19.05.2021 08:40,  
117

Microsoft kompaniyasining asoschisi, amerikalik milliarder Bill Geyts o‘z xodimi bilan "noto‘g‘ri munosabatlar"da ayblangani uchun kompaniya direktorlar kengashidan iste’foga chiqarildi. Uning vakili esa ketish sababini "xayriya ishlariga vaqt ajratish" bilan izohladi.

“The Wall Street” jurnalining xabariga ko‘ra, Microsoft kompaniyasining direktorlar kengashi, Microsoft kompaniyasidagi ayol muhandisning milliarder xo‘jayini bilan "ko‘p yillar davomida ishqiy munosabatda bo‘lganman" deb xat yozishidan avval ushbu ayblovlarni tekshirish uchun yuridik firma bilan kelishib olgan.

Tekshiruv davomida kengashning ayrim a’zolari Bill Geyts 1975 yilda asos solgan Microsoft kompaniyasining prezidenti bo‘lib qolishi noo‘rin degan qarorga kelgan. Biroq gazeta bilan suhbatlashgan noma’lum shaxs tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Geyts tergov tugamaguncha kengash tarkibidan chiqib ketgan va kengash bu masala bo‘yicha qaror qabul qilgan.

Bill Geytsning vakili esa qariyb 20 yil oldin uning ishqiy munosabatda bo‘lgani va bu munosabatlar keyinchalik tinchlik bilan tugaganini haqida bildirgan.

Vakil Geytsning direktorlar kengashini tark etish to‘g‘risidagi qarorining bu voqeaga aloqasi yo‘qligini ta’kidlab, "Aslida u bir necha yil oldin boshlagan xayriya ishlariga ko‘proq vaqt ajratmoqchi" degan so‘zlar bilan xabarini yakunlagan.

Microsoft kompaniyasi tekshiruv boshlanganligini tasdiqlab, shikoyat kelib tushganligi va "direktorlar kengashi qo‘mitasi tashqi yuridik firma yordamida tekshiruv boshlagani" haqida xabar berdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан