Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bill Geyts odamlarni normal holatga qaytarishning yagona usulini aytib o‘tdi
12.10.2020 12:58,  
488

Insoniyat normal hayotga faqat arzon va o‘ta samarali koronavirusga qarshi vaksinalash qaytara oladi. Bu haqda milliarder va Microsoft asoschisi Bill Geyts NBC kanali efirida ma’lum qildi.

Geytsdan COVID-19 pandemiyasi oqibatlarini to‘liq bartaraf etish uchun insoniyatga nima kerakligi haqida savol berildi. "Odamlarning o‘z yo‘llariga qaytishlarining yagona usuli bu juda samarali va arzon narxdagi vaksinalashdir", - deb javob berdi Geyts.

Unga ko‘ra, fuqarolarni ommaviy emlash koronavirus tarqalishini to‘xtatadi va oxir-oqibat uni tugatadi.

Bill Geyts va uning rafiqasi Melinda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga homiylik qiluvchi va COVID-19’ga qarshi kurashish va emlash uchun yuz millionlab dollar ajratgan xayriya fondiga rahbarlik qilmoqdalar.

Aprel oyida Geyts dunyo normal holatga qaytishi uchun bir yildan ikki yilgacha vaqt kerakligini aytdi. Iyul oyida u insoniyat koronavirusni yengib o‘tishga qodir ekanligiga ishonch bildirdi, ammo kasallikni davosi ommaga ma’lum bo‘lgandagina buni amalga oshirish mumkinligini ta’kidladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан