Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bill Geyts pandemiyadan keyin insoniyat duch keladigan ikkita xavf haqida ogohlantirdi
8.02.2021 18:54,  
1167

Microsoft asoschisi va sobiq rahbari Bill Geyts koronavirus pandemiyasi tugaganidan keyin insoniyatga xavf soladigan ikkita tahdidni sanab o‘tdi. Bu haqda uning Veritasium YouTube kanaliga bergan intervyusiga asoslanib, «RBK» xabar berdi.

«Dunyo tayyor bo‘lmagan tahdidlardan biri bu — iqlim o‘zgarishi, — dedi Geyts. — Ushbu omil tufayli o‘limlar ko‘rsatkichi har yili oshib boradi».

Tadbirkor bioterrorizmni insoniyat uchun ikkinchi tahdid deb sanadi. «Zarar keltirishni istagan biror kishi virusni yarata oladi, demak, kelajakda bunga duch kelishimiz ehtimoli hozirgiga o‘xshash tabiiy epidemiyalarga qaraganda yuqoriroq», — dedi Geyts.

Yanvar oyi oxirida tadbirkor keyingi pandemiya SARS-CoV-2 virusi keltirganidan o‘n baravar yomonroq bo‘lishi mumkinligini aytgandi. Uning fikriga ko‘ra, ushbu tahdidga jahon urushi xavfi bilan bir xil munosabatda bo‘lish kerak.

«Dunyo trillionlarni tejash va millionlab o‘limlarning oldini olish uchun milliardlarni sarf qilishi kerak. Men buni dunyo sotib olishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi va eng oqilona sug‘urta polisi deb bilaman. Yangi pandemiya muqarrar va agar insoniyatning omadi kelsa, u 20 yildan keyin boshlanadi, ammo uch yil ichida ham yuz berishi mumkin.»— degan edi Geyts.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан