Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Biolog COVID-19 bilan kasallanganlarning aksariyatida immunitet paydo bo‘lmaslik sababini tushuntirdi
12.05.2020 16:27,  
471

Kuchli va uzoq saqlanib qoladigan immunitet COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning faqatgina yetti-sakkiz foizida shakllanadi, ko‘pincha eng barqaror immunitet kasallikning og‘ir shakliga chalingan bemorlarda paydo bo‘ladi. Bu haqda AQShdagi GMU tizimli biologiya maktabi professori, biologiya fanlari doktori Ancha Baranova ma’lum qildi.

"Bizda kasallikka chalingan shunday odamlar borki, ularning aksariyatida isitma chiqishi hamda yo‘tal bor, biroq ularda antitanachalar yo‘q. Bu esa ular inson organizmining virusga tezkor reaksiyasi natijasida paydo bo‘ladigan inferonlar yordamida infeksiyadan xalos bo‘lishganini anglatadi. Bu holda inferonlarning o‘zlari yengadi va antitanachalar hosil bo‘lmaydi va immunitet ham shakllanmaydi", - deydi Baranova.

Biologning so‘zlariga ko‘ra, antitanachalar va yaxshi immunitetga ega bemorlar juda ozchilikni tashkil qiladi.

"Bizda juda kuchli immunitetga ega bo‘lgan super odamlar bor, ularning antitanachalari plazma bilan kasallangan boshqa bemorlarni davolash uchun ishlatilishi mumkin, bu amalga oshirilmoqda", - deya qo‘shimcha qildi Baranova.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан