Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bir guruh faol fuqarolar Musulmonlar idorasi va muftiyga taklif bilan chiqdi
19.03.2020 13:09,  
8467

"Ertalabki taklifdan keyin O‘zbekiston Musulmonlari Idorasiga quyidagi murojaatni ham yozib, topshirib keldik", deydi Feysbukdagi Musannif Adham taxallusi bilan tanilgan faol blogerlardan biri.

Mas’ullardan javob kutilayotgan ushbu murojaat O‘zbekiston Musulmonlari Idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovga yo‘llangan bo‘lib, unda dunyoda tezlik bilan tarqalib borayotgan koronavirus xavfi yanada ommalashib ketmasligi uchun taklif berilgan.

“Karantin davrida ko‘chaga chiqqan kishi masjiddan tashqari boshqa bironta joyda tahoratini yangilab olishi muammo ekanligi bilinib qoldi. Shu sababli O‘zbekiston Musulmonlari Idorasining rahbarlari masjid tahoratxonalarini ochib qo‘yish masalasini o‘ylab ko‘rishlarini so‘raymiz”, deyiladi murojaatda.

MAVZUGA DOIR: O‘zbekiston Ulamolar Kengashining koronavirus bo‘yicha fatvosi e’lon qilindi (video)

O‘zbekistonda Islom dinidan boshqa konfessiyalarda ham ommaviy ibodatlar to‘xtatildi

Fuqarolarning fikricha, masjid tahoratxonalari ochib qo‘yilsa, O‘zbekiston hududida koronavirus keng tarqalib ketishiga ham jiddiy to‘siq qo‘yiladi. Chunki, tahoratxonalarda nafaqat namozxonlar, balki fuqarolarimiz ham kirib poklanib chiqishlari mumkin.

Shulardan kelib chiqib, fuqarolar Musulmonlar idorasiga quyidagi takliflarni kiritdi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya nazorati bilan hamkorlikda ma’lum bir masjidlarning tahoratxonalarida barcha zarur shart-sharoitlarni tayyorlash, dezinfeksiyalash;

2. Maxsus tozalash (gigiyenik) vositalari, (sensor idishdagi) suyuq sovun, shuningdek bir martalik salfetkalar bilan uzluksiz ta’minlash;

3. Masjid hay’at a’zolari yoki ko‘ngilli kishilardan iborat navbatchilik ro‘yxatini tuzish. Bunda, masalan, kelganlarni tahoratxona sig‘imiga mos ravishda masjid eshigidan kiritish;

4. Bu ishni dastlab Toshkentdagi 10 ta (o‘nta) markaziy (yo‘l yuzida joylashgan) masjidda sinov-tajribadan o‘tkazish;

5. Tahoratxona sarf-xarajatlari uchun maxsus ehson qutisini tashkil qilish.

Foto: Facebook

Shuningdek, murojaatchilar ehson qutisidagi pul tushumidan qat’iy nazar, o‘nta masjid tahoratxonasining barcha sarf-xarajatlarini o‘z zimmalariga olishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 15 mart kuni Hukumat tomonidan barcha diniy idoralarga diniy marosimlarni o‘tkazishni vaqtincha cheklash tavsiya etildi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi yirik islomiy tashkilotlar va ulamolarning fatvo va xulosalari asosida musulmonlarni "mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorlashgungacha juma namozlari o‘rniga uyda peshin namozini o‘qishga va besh vaqt namozlarni ham uyda ado etishga" chaqirdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан