Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bir haftada auksion orqali 9,4 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi
9.11.2021 17:40,  
58

1 — 7 noyabr kunlari onlayn auksion orqali umumiy summasi 9,4 mlrd so‘mlik 3663 ta avtoraqam sotilgan. Bu haqda respublika tovar-xom ashyo birjasi xabar berdi.

Ushbu davr mobaynida «O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi» AJning barcha savdo platformalarida 1 trln 733,1 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan haftaga nisbatan 8,1% ga past. Bunda birja savdolari sotuvlarning 83,2 foizini, ko‘rgazma-yarmarka savdolari — 1,7 foizni, elektron davlat xaridlari — 14,5 foizni va avtoraqamlarning onlayn-auksioni — 0,5 foizini tashkil etdi.

Qayd etilishicha, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 650,9 mlrd so‘mni tashkil qilgan. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 59,6 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан