Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bir kunda 10 ming qadam yurgan fuqarolarga qachondan pul to‘lanishi yuzasidan izoh berildi
14.12.2020 12:52,  
850

Joriy yilning 10 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi vakili Umid Rajabov «Sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmon ijrosi haqida ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning birinchi choragidan boshlab prezident farmoniga ko‘ra yaratilgan maxsus platforma orqali bir kunda 10 ming qadam yurgan shaxsning elektron hamyoniga 3 ming so‘m tushadi. Bu platforma Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Axborot texnologiyalar  va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan hamkorlikda ishlab chiqilmoqda.

«10 ming qadam va undan ortiq yurgan shaxs qanday aniqlanadi?» degan savol tug‘ilishi mumkin. Bu ilova telefonda yuklanadi va onlayn tizimda ishlaydi. Mutaxassislar tomonidan bu platforma shunday yaratilyaptiki, shaxsga tegishli ma’lumotlar (ism-sharifi, bo‘yi, vazni, yoshi) kiritilgan holda ro‘yxatdan o‘tiladi. Ro‘yxatdan o‘tilgach start tugmasi bosiladi va 10 ming qadam va undan ortiq yurilsa, ma’lumot yaratilgan maxsus bazada ko‘rinadi. Shu ma’lumot asosida fuqaroning elektron hamyoniga mablag‘ kelib tushadi», — dedi Umid Rajabov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан