Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Bir kunda har bitta fontanning otilishiga 1 million so‘m ketadi». Ortiqxo‘jayev Tashkent Sity bog‘iga kirish pulli bo‘lganiga munosabat bildirdi
18.12.2020 17:06,  
764

Joriy yil 17 dekabrdan boshlab Tashkent City Park hududiga kirish pulli etib belgilandi. Poytaxtdagi eng muhtasham bog‘, deya ta’riflanayotgan hududni tomosha qilish uchun belgilangan bu me’yorlar ijtimoiy tarmoqlarda keskin norozilik uyg‘otdi. Tarmoqda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning ushbu holat bo‘yicha bildirgan munosabati tarqaldi.

– Tashkent Sity’ga kirishni pulli qilishga hokim sifatida qanday qaraysiz?

– Parklarni saqlab turishning boshqacha chorasi yo‘q. Misol uchun, shuncha daraxtlar ekilgan, shuncha energiya ketadi, boshqachasiga bilmayman, qanday bo‘ladi.

– Tashkent Sity’ning qurilishga xarajat ham ko‘p ketganmi?

– Ancha xarajat ketgan. Buni saqlab turishning o‘zi qiyin masala.

– Bularni saqlab turish uchun bir oyda qancha xarajat ketadi?

– 900 million so‘m ketadi. Bir kunda har bitta fontanning otilishiga 1 million so‘m ketadi.

– Buning uchun byudjetdan pul ajratilmaydimi?

– Byudjetdan pul ajratilmaydi. Chunki soliq to‘lovchilar kirsa-kirmasa pul to‘lamaydi-ku, to‘g‘rimi? Kirgani to‘lasa, shunda adolatli bo‘lsa kerak. Ya’ni, byudjet soliq to‘lovchilarning hisobiga shakllanadi. Odamlarda haqli ravishda savol tug‘iladi: “Umuman Tashkent Sity’ga kirmasam, nima uchun men to‘layotgan soliqdan pul to‘layapsizlar?”, deyishi mumkin. Shuning uchun o‘zini boqqani aktual masala, menimcha.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан