Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Bir narsani aniq tushunish lozim - xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun har bir hududga alohida yondashuv zarur" - Prezident
14.12.2021 20:37,  
72

Bunda aholi soni, geografik joylashuvi, iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqib hududlarda xizmatlarni 3 ta yo‘nalishda rivojlantirilishi ta’kidlandi.

Birinchi yo‘nalishda:

- xizmatlar 158 ta qishloq tumanlarining ixtisoslashuvidan kelib chiqib rivojlantiriladi;

- yirik turistik ob’yektlari mavjud 45 ta hamda 40 ta tog‘li va tog‘oldi tumanda “tayyor loyiha” asosida turizm xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi;

- yangi mehmonxona, dam olish maskanlari uch yil davomida mol-mulk va yer solig‘ini 2 barobar past stavkada to‘laydi;

- turizm sohasi uchun maxsus soliq rejimi joriy etilib, uch yil davomida aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliq 1 foiz stavkada, mol-mulk va yer soliqlari esa hisoblangan summadan 1 foizi miqdorida belgilanadi;

- oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida mehmon uylarini tashkil etish va ta’mirlash uchun ham imtiyozli kredit ajratiladi;

  • qishloqlarda yangidan o‘rnatiladigan aloqa operatori stansiyalari mol-mulk va yer solig‘idan ozod etiladi. Bazaviy stansiyalardan birgalikda foydalanish huquqi beriladi.

Ikkinchi yo‘nalishda:

29 ta o‘rta va yirik shaharlar hamda aholisi 300 mingdan yuqori 6 ta tumanda zamonaviy bozor xizmatlari rivojlantiriladi.

Shaharlar va yirik tumanlarda xizmatlarni ko‘paytirish uchun ta’lim, tibbiyot, san’at, turizm, uy-joy va transport imkoniyatlarini oshirish kerakligi qayd etildi.

"Shaharlardagi aksariyat davlat maktablari 2 barobar ko‘p yuklama bilan ishlayotgani, bog‘cha o‘rinlari yetishmayotgani hech kimga sir emas.

Shu bois, shaharlarda xususiy ta’lim xizmatlari qamrovini kengaytiramiz.  Buning uchun ham sohaga, ham aholiga katta imkoniyat va yengilliklar yaratayapmiz", dedi Prezident.

Bir oy muddatda aholining haqiqiy ehtiyojini o‘rganib, 100 ta qulay yer maydonlarini belgilab, maktab va bog‘cha qurish sharti bilan auksion orqali tadbirkorlarga berish topshirildi.

Umuman, 29 ta shahar va 6 ta yirik tumanda xizmat ko‘rsatish sohasida 200 ming ish o‘rni yaratiladi.

Uchinchi yo‘nalish: bo‘yicha Toshkent, Samarqand va Namangan shaharlarida yuqori daromadli xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha alohida dastur qabul qilinadi.

Toshkent shahrini ta’lim, tibbiyot, biznes va madaniy-ko‘ngilochar markazga aylantirish bo‘yicha dastur ishlab chiqiladi.

"Misol uchun, Sergeli tumanida 16 kilometr uzunlikdagi yer usti metrosi atrofida tungi yoritgich, o‘rindiq, sport 
va boshqa infratuzilma tashkil etish hisobiga savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida 5 mingta ish o‘rni yaratish bo‘yicha taklif bildirilgan. Bunday takliflar menga ma’qul.

Yoki, poytaxt tadbirkorlarining shahar hududida san’at, rassomchilik, haykaltaroshlik, hunarmandchilik vakillarini keng jalb qilib, yirik “san’at ko‘chalari”ni yaratish takliflarini ham qo‘llab-quvvatlayman", dedi Prezident.

Bundan tashqari, "Fransiya, Italiya, Turkiyadan restavrator va muzey ishi mutaxassislarini olib kelib, barcha muzeylarni zamonaviy qiyofaga keltirish va “omborda chang bosib yotgan” noyob eksponatlarni namoyishga qo‘yishni" tashkil qilish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан